У нас есть только
оригинальные песни

Ukraina bosh prokurori Poroshenkoning asosiy kamchiligini ma`lum qildi

calendar 21.08.2018
584

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko xalq bilan tez-tez muloqot qilmayapti. Bu haqda Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko «Ukraina haqiqati» nashriga bergan intervyusida aytib o'tdi.

Nashr jurnalisti bosh prokurordan davlat rahbari sifatidagi «Poroshenkoning eng katta kamchiligi»ni aytishni so'radi.

«Menimcha, prezident tez-tez odamlar bilan muloqot qilishi kerak. So'nggi vaqtlarda uning odamlar bilan muloqotda bo'lganini eshitmadim. Men unga bu haqda aytdim, shuning uchun bu yerda takrorlashim mumkin. Mening tushunishimcha, prezident - har qanday holatda ham yetakchi», - deya ma`lum qildi Lutsenko. 

Uning qo'shimcha qilishicha, davlat rahbari odamlarga «qayerda ekanligimiz, nima uchun bu sodir bo'lgani, qayerga ketayotganimiz va buni qanday amalga oshirishimiz mumkinligini» tushuntirishi kerak.

Яндекс.Метрика