У нас есть только
оригинальные песни

Ukraina hukumati uchun RFga qarshi vazifalar fuqarolardan ham muhim – Rossiya

calendar 07.05.2018
851

Rossiya Davlat dumasining Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha qo'mitasi raisi o'rinbosari Sergey Krivonosov Ukraina Sport vazirligi rahbari Igor Jdanovning Rossiyadagi musobaqalarga yo'l olayotgan ukrainalik sportchilarni moliyalashtirish to'xtatilishi haqidagi so'zlariga izoh berdi. Bu haqda  «Sovetskiy Sport» xabar qilmoqda.

«Bu navbatdagi nodo'stona qadam bo'lib, undan birinchi navbatda sportchilar jabr ko'radi. Biroq, aftidan, Ukraina hukumati uchun Rossiyaga qarshi siyosat bilan bog'liq vazifalar o'z fuqarolaridan ham muhimroq shekilli», - deya ma`lum qildi Krivonosov.

5 may kuni Ukraina Sport va yoshlar vazirligi rahbari Igor Jdanov feysbukdagi sahifasida vazirlik Rossiyadagi musobaqalarga borayotgan ukrainalik sportchilarni moliyalashtirmasligi haqida yozgandi.

«Umid qilamizki, vaqt o'tib ular o'z qarorini o'zgartiradi, sababi hozir bu vaziyat demokratik va ikki birodar xalq tarixi bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Hozircha bu umuman o'ylamay qo'yilgan qadam, u Ukraina sportiga zarar yetkazadi», - deya xulosa qilgan rossiyalik amaldor.

Яндекс.Метрика