У нас есть только
оригинальные песни

Ukraina O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun maxsus boj joriy etadi

calendar 26.11.2015
1743

Ukrainaning Xalqaro savdo bo‘yicha idoralararo komissiyasi (XSIK) O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari importiga nisbatan maxsus boj joriy etish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

 

“Uryadoviy kuryer” (“Hukumat kuryeri”) gazetasining 25-noyabr, chorshanba sonida e’lon qilingan axborotga ko‘ra, mazkur qaror “Ukraina tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari — avtomobilsozlik korxonalarining qonuniy huquq va manfaatlariga nisbatan O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan tahqirlovchi va do‘stona bo‘lmagan harakatlarga javoban munosib choralarni tatbiq etish haqidagi materiallar ko‘rib chiqilishi yakunlariga ko‘ra” qabul qilingan.

Avtomobillarning (UTK TIF kodlari 8703 21 10 00, 8703 22 10 00 i 8703 23 19 10) bojxona qiymatidan 12,12 foiz miqdoridagi maxsus boj “O‘zbekiston tomonidan Ukrainaga nisbatan do‘stona bo‘lmagan va tahqirlovchi harakatlar to‘xtatilgani ma’lum bo‘lguniga qadar” amalda bo‘ladi.

Maxsus bojning amal qilishi 5-dekabrdan boshlanadi. O‘zbekistonning aynan qaysi harakatlari tahqirlovchi va do‘stona emasligiga aniqlik kiritilmagan.

Яндекс.Метрика