У нас есть только
оригинальные песни

Ukraina Xitoyga dunyodagi eng katta samolyot uchun huquqni sotdi

calendar 01.09.2016
1514

Ukrainaning “Antonov” davlat korxonasi va Xitoyning Aerospace Industry Corporation of China (AICC) kompaniyasi An-225 dasturi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi, deb yozadi “Interfaks”.

 

“Tomonlar uzoq muddatli hamkorlik niyatini bildirdi, u birinchi bosqichda ‘Antonov’ DKda An-225 ‘Mriya’ samolyotining ikkinchi modernizatsiyalangan nusxasini qurishni va uni AICC kompaniyasiga yetkazib berishni, shuningdek, ikkinchi bosqichda Xitoyda ‘Antonov’ DK litsenziyasi bo‘yicha An-225 ni birgalikda seriyali ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi”, — deyiladi “Antonov” DK xabarida.

Har ikkala bosqich ham alohida shartnomalar shartlariga ko‘ra amalga oshiriladi. Bitim 30-avgust kuni Pekinda imzolangan.

Dunyodagi eng katta samolyot — An-225 “Mriya” og‘ir transport samolyoti 250 tonna yuk ko‘tara oladi. U 1988-yilda zavoddan va zaxiradagi aerodromlardan “Buran” kosmik kemasini, shuningdek, “Energiya” raketa bloklarini “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromiga olib borish uchun yaratilgan edi.

Яндекс.Метрика