У нас есть только
оригинальные песни

Ukraina “Yevrovideniye” tanlovida birinchi o‘rinni egalladi

calendar 15.05.2016
841

“Yevrovideniye” qo‘shiqlar tanlovida Ukraina nomidan qatnashgan xonanda Jamala birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda “RBK”. U professional hakamlar hay’ati hamda tomoshabinlar bergan ovozlardan so‘ng maksimal ballga ega bo‘ldi.

Bu yil tanlov ishtirokchilarini ikki bosqichda baholashdi: avvaliga ishtirokchi mamlakatlarning professional hakamlar hay’ati vakillari o‘z ballarini taqdim etdi, so‘ng ushbu natijalarga tomoshabinlar bergan ovozlar natijasi qo‘shildi.

Hakamlar hay’ati bergan balldan so‘ng Ukraina Avstraliyadan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, tomoshabinlar bergan ovozlar natijasida birinchi o‘ringa chiqdi. Jamala qrim-tatarlar deportatsiyasiga bag‘ishlangan “1944” nomli qo‘shig‘ini ijro etdi.

Ikkinchi o‘rinni Sound of Silence qo‘shig‘i bilan avstraliyalik Demi Im band etdi. Rossiya vakili Sergey Lazarev esa You Are The Only One qo‘shig‘i bilan uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Hakamlar hay’ati ballari e’lon qilingach, Lazarev beshinchi o‘rinda joylashdi. Tomoshabinlar bergan ovozlardan so‘ng esa u birinchi o‘ringa ko‘tarildi, ammo professional hakamlar ballari hisobga olinganda, uchinchi o‘ringa tushib qoldi.

Яндекс.Метрика