У нас есть только
оригинальные песни

Ukrainada AQSh armiyasining qancha askari bor?

calendar 06.12.2017
1138

AQSh armiyasi general-leytenanti Ben Xojyes Ukrainada 250 nafar amerikalik askar borligini aytib o'tdi.

Xojyesning «Yevropa haqiqati» nashriga bergan intervyusida ma`lum qilishicha, Ukraina nafaqat armiyani rivojlantirishi, balki islohotlarni o'tkazishi ham muhim. Uning ta`kidlashicha, Kiyevdan buni xorijlik ko'plab sheriklar kutmoqda.

«Umuman olganda, barcha mamlakatlarda shaffoflik, korrupsiya bilan kurash sohasidagi islohotlar bo'yicha kutishlar mavjud. Biroq AQSh, albatta, Ukrainaga sodiq bo'lib qoladi. Biz islohotlar muvaffaqiyatiga ishonamizmi? Albatta! Sababi Ukrainada hozir 250 nafar amerikalik askar bor, o'tgan hafta men ular bilan Yavorov poligonida birga bo'ldim. Biz Ukraina bilan sherikmiz. Sheriklik esa muvaffaqiyat uchun umumiy majburiyatni anglatadi», - deya aytib o'tdi Xodjyes.

Shuningdek generalning ma`lum qilishicha, Ukraina o'z qurolli kuchlari  modernazitsiyasi va ularni g'arbiy standartlarga moslashtirish bo'yicha harakatlarni davom ettirishi lozim.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Ukraina bosh prokurori FQBni ayblab chiqqandi. Yuriy Lutsenkoning ma`lum qilishicha, mamlakat korrupsiyaga qarshi milliy byurosining AQSh FQB bilan hamkorligi noqonuniy bo'lgan.

Яндекс.Метрика