У нас есть только
оригинальные песни

Ukrainada Bandera sharafiga mash’alli namoyishlar bo‘lib o‘tdi

calendar 02.01.2016
1116

Ukrainaning ko‘plab shaharlarida 1-yanvar kuni ukrainalik siyosat arbobi, Ukraina davlati mustaqilligi uchun kurash timsoli Stepan Bandera tavallud kuni munosabati bilan mash’alli namoyishlar bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Meduza.

Kiyevda millatchilar markaziy ko‘chalardan yurib o‘tdi, shundan so‘ng “Maydan Nezalejnosti” maydonida miting uyushtirdi. Aksiyada uch mingdan ortiq kishi qatnashdi. Ular “Biz banderachilar! Biz boryapmiz!”, “Yodda tut, kelgindi, bu yerda ukrain xo‘jayin” va “Bandera keladi va hammasini tartibga soladi!” shiorlarini baralla aytgan.

Aksiya tashkilotchilari “Moskallar bilan umumiy tilimiz bo‘lishi mumkin emas”, — deya ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida: ukrain va belaruslar ruslarni kamsitish ma’nosida “moskallar” deb ataydi.

Яндекс.Метрика