У нас есть только
оригинальные песни

Ukrainada inflyatsiya 20 yillik rekordni yangiladi

calendar 06.01.2016
999

Ukrainada inflyatsiya 2015 yilda 43,3 foizga o'sdi hamda oxirgi 20 yil ichidagi eng maksimal ko'rsatkichga etdi, deb xabar bermoqda Ukraina statistika davlat xizmati ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda RNS. 

Bir yil ichida tabiiy gaz eng ko'p miqdorda, ya'ni 3,7 barobarga, issiq suv va issiqlik ta'minoti 78,4 foizga, elektr energiya 66,9 foizga, sabzavotlar 66,7 foizga, yog' va tuxum 59,4 foizga, spirtsiz ichimliklar 57,8 foizga qimmatlagan.

2015 yilda sanoat ishlab chiqarish narxlari 25,4 foizga ko'tarilib ketdi.
Dekabrda inflyatsiya noyabrga nisbatan 0,7 foizgacha sekinlashgan.

Яндекс.Метрика