У нас есть только
оригинальные песни

Ukrainada NATO bazalari paydo bo'ladimi?

calendar 04.09.2018
1254

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin ICTV telekanali efirida Ukraina hududida NATO bazalari joylashtirilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrimdagi Qora dengiz flotiga to'g'risidagi bandni Konstitutsiyadan chiqarib yubormoqchi ekani ma`lum bo'lgandi. Shu nuqtai nazardan Klimkinga NATO bazasi Qora dengiz flotining o'rniga kelishi borasida savol berishgan.

«Bu juda yaxshi savol. Prezident tomonidan taqdim etilgan izoh faqatgina bitta bazaga taalluqli va u yerda hammasi aniq yozilgan», - deya ta`kidlab o'tdi Klimkin.

Shuningdek, uning ma`lum qilishicha, Ukraina NATO va Yevropa ittifoqiga a`zo bo'lishidan oldin Konstitutsiyani o'zgartiradi. Uning so'zlariga ko'ra, konstitutsiyaviy tuzatishlarda mamlakat hududida harbiy bazalarni joylashtirish masalasi «belgilab beriladi».

Eslatib o'tamiz, avvalroq Putinning Poroshenkoga tahdidi haqida yangi ma`lumotlar paydo bo'lgandi. 

Яндекс.Метрика