Ukrainadagi birinchi karshering xizmati Ravon Spark avtomobilini tanladi

Ukrainada “Getmankar” kompaniyasi yevropacha namuna bo‘yicha birinchi karshering  xizmatini ishga tushirdi, deb yozadi “Autoconsulting.ua”. Ushbu xizmatni tashkil qilish uchun Ravon R2 avtomobillari tanlandi. Dastlabki 30 ta Ravon R2 mashinalarining kalitlarini tantanali tarzda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu karshering xizmati avtomobillar parkidan iborat bo‘lib, ulardan birini vaqtinchalik olib turish, haydab bo‘lgach, uni o‘zingizga qulay joyda qoldirib ketishingiz mumkin. Avtomobilni qidirish, uni ochish va qulflash, xizmat uchun pul to‘lash smartfon orqali amalga oshiriladi. Bu mashinani ijaraga olishdan ko‘ra qulayroq, chunki bunda avtomobildan haqiqatda foydalanilgan vaqt uchungina pul to‘lanadi.

Ravon’ning rasmiy dileri bo‘lgan “TSM Inter-Avto” kompaniyasi 28-noyabr kuni “Ukr-O‘zAvto” distribyutorlik kompaniyasi bosh direktori Farhod Abdullayev ishtirokida “Getmankar” karshering operatoriga ilk 30 ta Ravon R2 avtomobillari kalitlarini topshirdi.

“Getmankar” kompaniyasi rahbari Taras Getmanskiy ma’lum qilishicha, da’vogarlar ichida boshqa markadagi avtomobillar ham bo‘lgan, ammo faqat Ravon R2 butun sinovlar majmuidan muvaffaqiyatli tarzda o‘tgan. Dastlab ularni avtomobilning narxi va unga xizmat ko‘rsatish qiymati jalb qilgan, keyinchalik ijobiy jihatlari yanada ko‘proq bo‘lib chiqqan. Yakuniy qarorga kelish uchun bitta Ravon R2 sotib olingan va unda 4 oy yurib ko‘rishgan. Uni mijozlarga ijaraga berib, ularning fikrlarini o‘rganib chiqishgan. Ravon R2 ularning barcha ishonchlarini oqlagan.

Taras Getmanskiyning so‘zlariga ko‘ra, maqbul narxi va ekspluatatsiya xarajatlari bilan birga, avtomatik uzatish qutisi ham Ravon R2 foydasiga ishlagan. Uning hajmi ham tirband shahar ko‘chalarida manyovr qilish va to‘xtash uchun to‘g‘ri keladi, dedi Getmanskiy.


Комментарии (1) | Добавить: 03.12.2017
1. _Yagona_ (03.12.2017 23:22)
Bu boshqa gap. Olg'a O'zbekiston! smile
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Ronalduni o'z farzandi butun internetda sharmanda qildi …
Mourino darvozabon boshiga butilka bilan urdi
Yevropa Ligasi. Qur`a qanday kuchli juftliklarni hosil qildi?
Jeenbekov O'zbekistonga aloqador bitimni ma`qulladi
Neymar yana qiliq ko'rsatmoqda
2020-yilga kelib yo‘qoladigan 30 ta odatiy buyum
Zilzila vaqtida namoz o‘qiladimi?
O‘zbekiston uchun 1948-yilda AQShda imzolangan konvensiya kuchga kirdi
AQSh Davlat kotibi: Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan muzokaralarga tayyor
Oq uy: Rossiya va Xitoy AQSh milliy xavfsizligiga tahdid tug‘diradi
Banklar tomonidan haq olinmaydigan xizmatlar qanday? (ro'yxat)
«Bizga ham kerak emas» - Ukraina Rossiya bilan temir yo'l qatnovini to'xtatmoqchi
Germaniya 2017 yil shamoldan energiya olishda rekord qo'yadi
Endi bachadon kerakmas...mi?!
Kumush saratonni davolashi aniqlandi
Xiaomi'ning hoshiyasiz Mi Mix 3 smartfoni suratlari tarqaldi
Og‘riq qoldiruvchi dorilar xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi aniqlandi
Qozog'iston ko'mir konidagi ishchilar yer yuzasiga chiqishdan bosh tortishmoqda
Samsung smartfonlarni zaryadlovchi "aqlli" kiyimni ixtiro qildi
Dubayda salkam 300 mln dollarlik safari-hayvonot bog'i ochiladi
Qozog'istonda Rossiya telekanallari o'chirib qo'yildi
Iblis izmidagi oqsoch
«WI-FI» BOLALAR SALOMATLIGIGA O'NGLAB BO'LMAYDIGAN ZARAR YETKAZADI
Tovuq tuxumi ichida brillant bor ekan
Koinot vaqti butunlay to'xtab qolishi mumkin
«Arsenal» yana ochko yo'qotdi
Avtomobildan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda - obuna bo'lish, karshering va ijara
Aeroporti yo'q 6 mamlakat: U yerlarga qanday borish mumkin?
Megalomaniya buyuklikka intilgan telbalar kasalligimi?
10 dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun