У нас есть только
оригинальные песни

ukumat uchun alohida mobil aloqa tizimi yaratiladi

calendar 20.04.2018
1040

O'zbekistonda hukumat mobil aloqa tizimi yaratiladi. Bu prezidentning «Investitsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjatda ko'rsatilishicha, 2019 yil 1 yanvargacha davlat va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimi ishga tushiriladi.

Qaror bilan telekommunikatsiya xizmatlari uchun byudjyet mablag'larini tejash, telefon suhbatlari xavfsizligi va nazoratini ta`minlaydigan hukumatning mobil aloqa tizimini tashkil etish nazarda tutilgan.

1 iyulga qadar loyihani moliyalashtirish bo'yicha takliflar kiritiladi, 1 avgustgacha uning texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo'ladi.

1 noyabrgacha loyihalar byudjyetdan tashqari mablag'lar hisobidan Toshkent shahrida sinov rejimida ishga tushiriladi.

Яндекс.Метрика