У нас есть только
оригинальные песни

Ulan-Ude hokimi intervyu chog'ida “Rossiya 24” xodimlarini do'pposladi

calendar 02.12.2015
1644

Rossiyadagi Ulan-Ude shahri hokimi Aleksandr Golkov va uning yordamchilari intervyuni tasvirga olish jarayonida “Rossiya 24” telekanalining s'yomka guruhini kaltakladi. Bu haqda mahalliy IIBga tayangan holda FlashSiberia agentligi xabar bermoqda.
Voqea 2 dekabr kuni sodir bo'ldi.

“Rossiya 24” telekanali jurnalisti Artyom Kol va uning operatori Vladimir Bragin hokimdan intervyu olayotgan edi. Bir muddatdan so'ng o'rtada ixtilof kelib chiqqan, buning natijasida jurnalistning bosh yorilgan, operatorning esa kamerasi sindirib tashlangan.

Jurnalistlarni Golkovning o'zi, uning o'rinbosari va matbuot bo'limi xodimi do'pposlagan.

Ushbu voqeadan so'ng har ikki tomon ham IIVga arz qilgan.

Hozircha ixtilof nimadan kelib chiqqani ma'lum emas.

Яндекс.Метрика