У нас есть только
оригинальные песни

Ulug'bek Rahmatullayevdan yangi qo'shiq "Ey Yurak"

calendar 10.01.2015
7028


2014-yilda "Yilning eng yaxshi xonandasi" sifatida "E'tirof" mukofotiga sazovor bo'lgan xonanda Ulug'bek Rahmatullaev tinim bilmay ijod qilishda davom etmoqda. Xonanda shu kunlarda yana bir yangi qo'shig'ini muxlislarga taqdim etishga tayyor qilib qo'ydi. "Ey yurak" nomli tarona uchun videoklip ham suratga olingan. Klip esa yosh va mahoratli klipmeyker Sanjar Matkarimov tomonidan tayyorlangan.
Ulug'bek Rahmatullaevning bizga ma'lum qilishicha, u qo'shiqni yaratish g'oyasini aslida muxlislar bergan. Ko'p sonli san'at ixlosmandlarining iltimosiga binoan yaratilgan qo'shiq tez kunlarda taqdim etiladi. Ulug'bek Rahmatullaev ijodida yangiliklar bisyor Shuningdek, xonanda shu kunlarda estradamizning ayol xonandalaridan biri bilan duet kuylamoqda. Xozircha duetdosh san'atkor kimligi sir saqlanmoqda. Bu duet tarona bahor oylarida premera etilishi rejalashtirilgan. Ulug'bek Rahmatullaev ijodida yangiliklar bisyor Ulug'bek Rahmatullaev taronalari nafaqat O'zbekistonda, balki boshqa davlatlarda ham sevib tinglanishi sir emas. Bahor faslida xonanda Rossiya bo'ylab "Shirin orzu" nomli kontsert dasturi bilan gastrol safari uyushtiradi.
Яндекс.Метрика