У нас есть только
оригинальные песни

Ulug‘bek Qodirov yangi qiyofada. Xiva xonligi bosh vazirining sirli o‘limi haqida film suratga olinadi

calendar 22.01.2018
1871

«O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga asosan Jo‘rabek Ro‘zmetov ssenariysi asosida, rejissor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olinayotgan «Islomxo‘ja» nomli badiiy-publitsistik filmda hali-hanuz javobini kutayotgan ushbu qotillik tafsilotlarini o‘rganishga bel bog‘lagan tadqiqodchi-tarixchi olim oradan bir asr o‘tganiga qaramay, mavjud hujjatlarga asoslanib, asl aybdorlar qiyofasini ochishga harakat qiladi.

Filmning rejissorlik ssenariysini yozish jarayonida ijodiy guruh Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xizmat safarida bo‘lib, buyuk ajdodimizning Rossiya bilan bog‘liq faoliyatini o‘rganib qaytdi. Islomxo‘ja obrazini taniqli aktyor Ulug‘bek Qodirov ijro etishi kutilmoqda. Shuningdek, ayni kunlarda filmda rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan aktyorlar jamoasi ham saralab olinmoqda, deyiladi agentlik axborot xizmati xabarida.

Agentlik Badiiy kengashining joriy yil 11-yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Sankt-Peterburg shahrida tanlangan makon va liboslar asosida film uchun tayyorlangan eskizlar ham muhokama etildi. Ushbu filmni joriy yil «Ezgu-film» kinostudiyasida suratga olish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, «Islomxo‘ja» — ushbu yangi badiiy-publitsistik film XX asr boshlarida nafaqat Xorazm muzofoti, balki butun Markaziy Osiyo hududi, hatto Chor Rossiyasining amaldorlari orasida yuksak nufuzga ega bo‘lgan Xiva xonligining bosh vaziri Islomxo‘janing hayoti va mehnat faoliyati haqida hikoya qiladi.

O‘z davrining taraqqiyparvar, halqparvar davlat va jamoat arboblaridan biri bo‘lgan Islomxo‘ja 17 yoshidan xonlikning savdo va sanoat markazlaridan biri hisoblanmish Hazorasp bekligiga xokimlik qilgan, 26 yoshida Xiva xonligining bosh vaziri etib tayinlangan.

Valiahd Asfandiyor to‘raning hukmronligi davrida Islomxo‘ja xonlikning barcha muhim va ma’suliyatli vazifalarini o‘z zimmasiga olib, ko‘plab inshootlar qurdirgan. Qator sohalarda islohotlar olib borgan. Biroq xonlikning eng yuqori amaldori, buyuk islohotchi Islomxo‘ja sirli ravishda o‘ldirilib, hatto qotillikni fosh etish uchun boshlangan tergov harakatlari bosdi-bosdi qilingan.

Яндекс.Метрика