У нас есть только
оригинальные песни

Ulug‘bek Rahmatullayev xatosini anglab yetdi. “O‘zbekkonsert” xonandaning litsenziyasini qaytardi

calendar 13.07.2018
1388

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasi joriy yilning 27-iyunidan xonandaning viloyatlarda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etmaganligi tufayli tugatilganligi haqida xabar berilgan edi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining ma’lum qilishicha, 11-iyuldan boshlab Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasi qaytarib berilgan.

“ Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev muassasaga murojaat bilan chiqib, u o‘z xatosini tushunib yetganligini va o‘z tashabbusi bilan chekka hududlarda konsert berish niyatida ekanini bildirdi. Uning bu murojaati muassasa tomonidan qo‘llab quvvatlanib, xonanda joriy yilning 10-iyul kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumani Jom qishlog‘ida san’atsevar xalqimizga o‘zining xayriya konsert dasturini taqdim etdi.

Ulug‘bek Rahmatullayevning o‘z xatosini tushunib yetganligini va o‘zi tashabbus ko‘rsatib xayriya konsert dasturini namoyish etganligini inobatga olib, ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi yig‘ilishida 11-iyuldan xonandaning litsenziyasi qaytarib berilishi ma’qul deb topildi”, — deyiladi xabarda.

Яндекс.Метрика