У нас есть только
оригинальные песни

Ulug'bek Rahmatullayevdan uzoq kutilgan voqea!

calendar 14.06.2010
2794
Mahzun qo'shiqlar qiroli nomiga ega bo'la olgan Ulug'bek Rahmatullaev safarga jo'nab ketayotgani haqida xabar bergan edik. Bugun esa Ulug'bek Rahmatullaev ko'plab muxlislarning, shuningdek radio stansiyalarning talab va istaklariga muvofiq, "Sensiz yashay olarman" nomli qo'shig'ini taqdim qilishga rozi bo'lgani haqida xabar berdi...


Ulug'bek Rahmatullaevning yangi hit qo'shig'ini 19 iyun kuni barcha FM to'lqinlari orqali tinglashingiz mumkin. Qo'shiqning so'zi yosh shoir Renis Meshayan, musiqasi esa Ulug'bek Rahmatullaevning bastakori, "Sen ketding", "Kapalak" taronalarining musiqalarini bastalagan Bahtiyor Sobirovga tegishli. Shu o'rinda qiziq savol tug'ilishi tabiiy. Ulug'bek Rahmatullaevning ushbu taronasi nima sababdan aynan "Sensiz yashay olarman" deb nomlandi ekan? Balki, uning sevgan yori tashlab ketganmikan a? Ulug'bek Rahmatullaev sevikli insoniga uylanmadimi? Shu kabi savollarga javobni 19 iyun kuni javob olishingiz mumkin.
Яндекс.Метрика