У нас есть только
оригинальные песни

Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasi tugatildi

calendar 27.06.2018
1577

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasi tugatildi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi axborot xizmati xabar berdi.

«Litsenziat Ulug‘bek Rahmatullayev bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab va shartlari buzilgani sababli ushbu xonanda nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan bugun, 27-iyundan tugatilganini bildiramiz», deyiladi xabarda.

Яндекс.Метрика