У нас есть только
оригинальные песни

Umid Iskandarov: Ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman

calendar 05.01.2017
1105

Aktyor Umid Iskandarov hamda shou-biznes olamidagi eng ko‘zga ko‘ringan pardozchilardan biri bo‘lmish Renata Iskandarovaning oilasiga darz ketgani haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi. Aslida, bu gap-so‘zlar bundan roppa-rosa 1 yil oldin, 2016-yilning yanvar oyida boshlangan edi.

O‘tgan yilning yanvar oyida mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida tahririyat xodimlari Umid hamda Renata bilan bog‘langanda, ajrim haqidagi gaplar yolg‘on ekani, ular baxtli hayot kechirayotganliklarini aytgan.

Oradan 1 yil o‘tib, 3-yanvar kuni nashr Umid Iskandarov bilan bog‘langanda aktyor mutlaqo boshqa javobni bergan.

Umid Iskandarov: Men bu kabi mish-mishlar barchani qiziqtirishini tushunaman. Ammo mening hayotim va oilaviy masalalarimga hech kim aralashmasligini istardim. Aslida muxlislarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan mavzular juda ko‘p. Men ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman. Buni to‘g‘ri tushunishadi, degan umiddaman.

 

Яндекс.Метрика