У нас есть только
оригинальные песни

“Ummon”chi Zohidning vafot etgani haqida Telegram’da tarqatilgan xabarlar rad etildi

calendar 03.12.2016
3478

Telegram messenjerida “Ummon” guruhi a’zosi Zohid Rixsiyev avtohalokatga uchrab, vafot etgani haqida xabarlar tarqatildi.

Tarqatilgan xabarlarda Zohid Rixsiyev 30-noyabr kuni soat 11:30 da avtohalokatga uchragani va vafot etgani yozilgan.

Telegram’da tarqatilgan xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanini bilish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad “Ummon” guruhining ma’muri Doniyor Alimuhamedovga murojaat qildi.

E’tiborli tomoni, Telegram’dagi xabarlarga ilova qilingan suratlarda boshqa bir xonanda — Alijon Isoqovning yo‘l-transport hodisasiga uchragan mashinasi aks etgan.

“Bu mish-mish bir necha kundan beri Telegram’dagi guruhlarda aylanib yurganidan xabarimiz bor. Xudoga shukr, ‘Ummon’ guruhidagi barcha yigitlar sog‘-salomat. Telegram’da tarqatilgan xabarlar uydirmadan boshqa hech narsa emas”, — dedi “Ummon” guruhi ma’muri.

Яндекс.Метрика