У нас есть только
оригинальные песни

“Ummon” guruhi yigitlaridan biri uylanyapti

calendar 02.08.2016
3959

“Ummon” guruhi yigitlaridan Jasur Rapikov o'tgan yilning sentyabr oyida bo'ydoqlik bilan xayrlashgan edi. Endi navbat Shohruhga keldi. Xonanda to'y haqidagi anchadan buyon davom etib kelayotgan gap-so'zlarga oydinlik kiritib, va nihoyat uylanayotganini ma'lum qildi. Shohruh va Azizaxonning visol oqshomi joriy yilning 15 avgust kuni bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Fursatdan foydalanib, saytimiz nomidan yangi oila vakillari Shohruh va Azizaxonga baxt va saodat tilab qolamiz.

Яндекс.Метрика