У нас есть только
оригинальные песни

Ummon guruhidan so'ngi yangiliklar

calendar 04.12.2011
18918


Hozirda hamma joyda Ummon guruhi haqida rost va yolg'on xabarlarni yozishyapdi.Hattoki UMMON bilan  umuman aloqasi bo'lmagan
bazi bir sayt adminlari Ummon ijro etmagan qo'shiqlarni Ummon nomi bilan tarqatishmoqda.Soqqa foydalanuvchilar esa bunga ishonib haqiqattan ham buni Ummon etgan dib tinglab yurishibdi.O'zlarini Ummon guruhini ashaddiy muhlisi deb o'ylashadiyu lekin Ummon bilan boshqa inson etgan qo'shiqni farqiga borishmidi.


Endi esa Ummon guruhidan so'ngi yangilik:
Ucell kompaniyasi hamkorligida (aniqrog'i Ucell taklifiga binoan) Ummon o'z muhlislari bilan jonli uchrashuvni uyushtirmoqda.Ucell abonetlari savollarga to'gri javob bergan holda bu uchrashuvda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritishlari mumkin.(Bu uchrashuvdan Ucell va Ummon anchagina moliyaviy foydani ko'zlagan)

Xullas jonli uchrashuvda Ummon yil sarhisobini muhlislariga topshiradi, hamda muslislari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari va guruh ijrosidagi hit qo'shiqlardan bahramant bo'lishlari mumkin.
Ummon bu uchrashuvda 1-2 ta qo'shiqni jonli kuylamoqchi.
(Shunga ishonish qiyin, mayli kuzatamiz.Qani jonli kuylarmikan haqiqattan ham)

Uchrashuv 17-dekabr soat 16:00 da "Zarafshon" konsert zalida bo'lib o'tadi.

SARDOR
Яндекс.Метрика