У нас есть только
оригинальные песни

UMMON GURUHINING KONSERT DASTURI

calendar 21.09.2012
6727
UMMON GURUHINING KONSERT DASTURI...

TURKISTON YOZGI SAROYI...MUXLISLAR...ULARNING OLQISHLARI...UMMON VA BU OQSHOM...

Ummon guruhini shu kecha-kunduzda bo'lib o'tgan "Bu oqshom" deb nomlangan konsert dasturi ko'pchilikka manzur bo'ldi.Bu guruhning to'rt yillik mehnatini natijalarini mana bugun yanada yaqqol kuzatishimiz mumkin.Bugungi kunda Ummon guruhini yurtimizning har bir viloyatida,chekka mahallayu qishloqlarida tanishadi.To'rt yillik mehnat sabr va intilish bu uch insonni shu kungacha yetkazdi va muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi.
Turkiston saroyida bo'lib o'tgan 'Bu oqshom"deb nomlangan konsert dasturini kuzatar ekanman bu guruhga yana bir bor qoyil qoldim.Konsert dasturiga yaxshigina tayyorgarlik ko'rilgani shundoqqina ko'rinib turardi.Konsert dasturini hammamizga tanish bo'lgan Davron Kabulov maromiga yetkazib olib bordi.Konsertning yulduzli mehmoni Munisa Rizayeva bo'ldi.Eng qizig'i shuki Ummon guruhi muxlislar tomonidan tanlangan uchta ashulani jonli ijro etdi va ular ham jonli ashula ayta olishlarini yana bir marta isbot qilishdi.Muxlislar bilan bo'lgan qiziqarli konkurslarni ko'rib hammani yuzida tabassum yugurdi.O'zbegim zebolari raqs dastasini chiqishlari dasturga ko'rk qo'shdi.Konsert dasturi yakunida Ummon guruhi o'z muxlislariga ko'pdan ko'p minnatdorchilik bildirdi.Konsert 'Panterra' studiyasi bilan hamkorlida o'kazildi.Shu bilan birga Tv markaz va A'lo fm radiosi homiylik qildi.Ummon guruhidan yana bir necha yangiliklarni aytib o'tmoqchiman.Bu guruh yigitlari tinmay mehnat qilishmoqda.O'z gastrol safarlarini davom ettirmoqda va Rossiya davlatida bo'lib o'tadigan konsert dasturiga tayyorgarlik ko'rishmoqda.Shu bilan birga Ummon guruhi va Munisa Rizayeva bilan kuylangan "vo ajab" deb nomlangan ashulaga klip suratga olish ishlari boshlab yuborilgan.Ummon guruhi tez kunlarda o' muxlislariga o'zining ikkinchi albomini taqdim etish niyatida.Albom 12 ta yangi qo'shiqdan iborat.Ummon guruhini konsert dasturini vedio klipini tez kunda saytimizdan ko'chirib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Яндекс.Метрика