У нас есть только
оригинальные песни

Ummon-Ko'zi qaro [Qo'shiq matni]

calendar 13.08.2012
7501

Yuragimni ezadi yana o'sha qayg'u,

Yuragimni ezadi yana o'sha og'u.

Tushlarimga kiradi ko'zi qaro...

Qo'lindagi sharobdan icholmasam netay,

Qalbimdagi g'aflatdan qocholmasam netay.

Qo'limdagi suratdan kecholmasam netay..

Ko'zi qaro...

Mayli meni sevmagin roziman mayli,

Oldimga sen kelmagin roziman mayli.

Faqat bir bor yo'qlagin sog'indam sani,

Ko'zi qaro...

Jondan sevib kechib ketdim,ketmoqligim istading.

Yuragimdan yulib ketdim,ketmoqligim istading.

Yuraginga sig'may ketdim,keragim yo'q sen uchun.

Ko'zlaringdan tinib ketdim,keragim yo'q sen uchun.

Yolg'izlikka yoyding qo'yding xayotimni o'g'irlab.

Xayotimda endi yo'qsan,yo'q bo'l deding butunlay.

Yuraginga sig'may ketdim,keragim yo'q sen uchun.

Ko'zi qaro...

Seni bir ko'rgim keladi,bag'rimga bosgim keladi.

Quvonchimni torlarida,so'ginch kuyin chalgim keladi.

Eslaysanmi sen ham meni,jondan aziz bilganingni.

Yoki yutib yuborgansan,menla o'tgan o'tmishingni.

Yuragimga qurdim qasr qasr nomi o'tmishdir,

Unda yana ikkimiz baxtlilardan baxtlimiz!

Shu qasr menga sabr ato etar har kuni.

Sevarman sevilmay, kutarman kutilmay.

Яндекс.Метрика