У нас есть только
оригинальные песни

Ummon - Vatan [Qo'shiq matni]

calendar 21.06.2011
2904


Ummon - Vatan [Qo'shiq matni ]

Ming bora shukurlar aylayman robbimga,

Shu yurtda tug'ulganim uchun,o'sayotganim uchun.

Xar bir qarich yerini muqaddas deb bilaman,

Va doim asrayman farovon xalqim uchun.

Faxirlanaman ajdodlarim buyuk,

Ularni butun olam tan olgan,abadiy tarixda qolgan,

Ularga munosib avlod bo'lishga intilmoqda barkamol avlod.

Xammamizni maqsadimiz aniq,

Kelajak biz yoshlarni qo'lida,

Hali ko'p buyuk ishlar kutmoqdadur oldinda,

Har sohada yutuqlar ketma ket g'alabalar.

Hali bayrog'imiz ko'klarda ko'p bora hilpirar.

Maqsadlarni amalga oshiramiz albat,

Faqatgina yomon ko'zlardan asrasin robbim,

Farovon bo'lsin xalqim doim tilagim shu.

Ko'z qorachig'imdek asrayman.


N-T:

Vatanim ko'z nurim meni,

Millatim g'ururim meni.

Vatanim ko'z nurim meni,

Millatim g'ururim meni.

Vatan bu so'zda qanchadan qancha ma'no,

Shu so'zni deb qancha insonlar bo'lganlar ado.

Shu kunga yetguncha qancha to'siqlar bo'lgan,

Tinchlik uchun bobolarimiz qancha kurashgan,

Lekin afsus ko'rolmaganlar hamon tinchlikni.

Farovonlik,ravnaqimiz,tinchlik,xamjihat do'stlikni.

Biz bormiz ular hech qachon maqsadga yetolmas,

Farovonligimizni hech qachon hech kim buzolmas,

Doim mag'rurman chunki o'zbek farzandiman.


Vatanimni ravnaqi uchun doimo intilaman.

Faxr tuyg'usi qalbimda yashab borar mangu.

Niyatlarimiz sof,barchasi samiymiy ezgu.

Temur bobomdan qolgan o'gitlar bizga meros,

Vatanimga qancha xizmat qilsam shuncha oz.

So'zlarimga e'tibor bering barcha do'stlarim,

Bularni barchasi chin dildandur aytilgan so'zlarim.

Mani vatanim


N-T:

Vatanim ko'z nurim meni,

Millatim g'ururim meni.


Vatanim ko'z nurim meni,

Millatim g'ururim meni.

Lauren_Ewans 





Яндекс.Метрика