У нас есть только
оригинальные песни

Ummon” yigitlari nega TVda ko‘rinmay qolganini tushuntirib berdi

calendar 18.02.2016
4655

“Ummon” estrada guruhi vakillari radio va televideniye efirida ko‘pdan beri chiqmay qo‘ygani muxlislar orasida turli mish-mishlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan edi. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida   guruh a’zolari bilan bog‘lanib, ulardan javob oldik.

“Uzr, ming bora! Muxlislarimizni sog‘intirib qo‘yganimiz rost, ammo bu bejizga emas, – deb tushuntirdi “Ummon” a’zolari. – Tanaffus ham ijodiy edi. Bu muddatda ko‘plab qo‘shiqlar va kliplar yaratdik. Tez kunda tarona va kliplar bilan ketma-ket muxlislarni xursand qilamiz. Shu kunlarda ‘Soat 7 da’ nomli qo‘shig‘imizga klip suratga olishni rejalashtirdik. Tinglagach va klipni tomosha qilgach, muxlislarimiz xursand bo‘lishi aniq!”

Яндекс.Метрика