У нас есть только
оригинальные песни

“Umra—2015” Ramazon mavsumi boshlandi

calendar 06.07.2015
1447


Bugun, 6-iyul kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki 168 nafardan iborat guruhi "O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning zamonaviy avialaynerida Saudiya Arabistoniga Ramazon mavsumida umra amallarini bajarish uchun uchib ketdi, deb xabar qiladi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy sayti.  Ramazon mavsumida 670 nafar ziyoratchilarni umra safariga yuborish rejalashtirilgan. Safarga chiqishdan oldin barcha ziyoratchilar markazlashgan tibbiy punktlarda menengit va grippga qarshi zardob bilan emlandi. Saudiya Arabistonida havo haroratining yuqori darajada bo‘lishini inobatga olib, shifokorlar guruhi tomonidan ziyoratchilarning salomatligini saqlash maqsadida eslatma va tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Ramazon mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladi. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 2 nafar ishchi guruhi, 3 nafar shifokor va 2 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatadi. O‘zbekistonlik ziyoratchilar istiqomat qilishlari uchun Madina shahrida "Masjidi nabaviy”dan 100—150 metr masofada joylashgan to‘rt yulduzli "Feyruzatul Xayr” mehmonxonasi, Makka shahrida esa "Xaram masjidi”dan 1500—2000 metr uzoqlikdagi "Sovfatal Miya’d” mehmonxonasi tayyorlab qo‘yilgan. Mehmonxonalarda ziyoratchilarning saharlik va iftorlik qilishlari uchun oshxona hamda ularning sog‘liqlarini doimiy nazorat qilish maqsadida minishifoxonalar faoliyati tashkil etilgan. Shuningdek, ziyoratchilar uchun mehmonxonalarda sun’iy yo‘ldosh orqali O‘zbekiston televideniyasi dasturlarini tomosha qilish imkoniyatlari yaratilgan. Ziyoratchilarni Saudiya Arabistonida kutib olish, kuzatish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish ishlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi ishchi guruhi tomonidan "Haj” va "Umra” masalalari bo‘yicha attashe hamkorligida tashkil etiladi.
Яндекс.Метрика