У нас есть только
оригинальные песни

Umrni uzaytirishning oddiy usuli aniqlandi

calendar 20.11.2017
1312

Daniyalik olimlar qabul qilinayotgan alkogol miqdorini kamaytirish va chekishni tashlash qarishni kechiktirishini va uzoq umr ko‘rish imkonini berishini isbotladi. Ular zararli odatlar hamda teri va ko‘zda yosh o‘tishi bilan yuz beradigan o‘zgarishlar o‘rtasidagi aloqani aniqlash orqali shunday xulosaga keldi. Mutaxassislar maqolasi Journal of Epidemiology & Community Health jurnalida e’lon qilindi.

Ma’lumki, keksayishning tashqi alomatlari biologik yosh bilan bog‘liq. O‘z yoshidan katta ko‘rinadigan odamlarning salomatligi odatda ancha yaxshiroq ko‘rinishga ega tengdoshlariga nisbatan yomonroq bo‘ladi.

Olimlar tekshiruv uchun 1976—2003-yillarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan foydalandi. Unda 20 ming erkak va ayol qatnashgan, ammo tahlil uchun 11 613 kishi olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, odam qanchalik ko‘p cheksa, keksalikning asosiy tashqi belgilari bo‘lmish ko‘z muguz pardasi yoyi, ksantelazma (teridagi yog‘ toshmalari) va quloq solinchagidagi burmalar barvaqt paydo bo‘lish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Alkogolning iste’mol qilinishi ham, yog‘ toshmalaridan tashqari, xuddi shu belgilar bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi.

Яндекс.Метрика