У нас есть только
оригинальные песни

UMS muassislarining qarori operator faoliyatiga ta’sir o‘tkazmaydi

calendar 06.08.2016
1016

Muassislar tarkibining o‘zgarishi Universal Mobile Systems (UMS) mobil operatori faoliyatiga ta’sir o‘tkazmaydi. 

Bir muddat ilgari Rossiyaning “MTS” telekommunikatsion operatori UMS qo‘shma korxonasidagi 50,01 foizga teng ulushini sotgani haqida ma'lum qildi.Aksiyalar paketi O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining “Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasiga realizatsiya qilindi.

Operator muassislarning bu qarori kompaniya muvaffaqiyat bilan realizatsiya qilayotgan uzoq istiqbolli rivojlanish strategiyasiga ta’sir qilmasligini e’tirof etdi.

“Kompaniya oddiy tartibda ishlamoqda, barcha xizmat va servislarni ko‘rsatmoqda, yangi abonentlarni ulash davom etmoqda, mobil operator mutaxassislari yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqmoqda”, — ta’kidlanadi kompaniya bayonotida.

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabarnomasida ham muassislar qarori kompaniya ishida salbiy aks etmasligi tasdiqlandi.

“Universal Mobile Systems ilgari taqdim etilgan litsenziyalar asosida mobil aloqa bozorida mustaqil operator sifatida faoliyatini davom ettiradi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlik, shuningdek, “MTS” o‘z ulushini ixtiyoriy ravishda sotganini, O‘zbekiston tomoniga hech qanday e’tirozi yo‘qligini qo‘shimcha qilib o‘tdi. Olib borilgan muzokaralar natijalariga ko‘ra hamda tomonlar imzolagan shartnoma asosida Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi UMS’ning yagona muassisi bo‘lib qoladi.

UMS 2014-yilning 1-dekabrida O‘zbekiston hududida mobil aloqa tarmog‘i tijoriy ekspluatatsiyasini yo‘lga qo‘ygan edi. 2016-yil boshidagi holatga ko‘ra kompaniya abonentlari soni 1,095 million foydalanuvchini tashkil etdi.

Яндекс.Метрика