У нас есть только
оригинальные песни

UMS va Click birgalikda yangi innovatsion servisni ishga tushirdi

calendar 09.12.2016
1882

UMS mobil operatori va Click kompaniyasi birgalikda yangi servisni ishga tushirgani — O‘zbekistonda ilk bor internet-to‘plamlarni bevosita plastik kartadan xarid qilish imkoniyati paydo bo‘lgani haqida xabar beradi.

UMS kompaniyasi data-operator sifatida mobil internet va xizmatlar bozorini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Yangi noyob servis hozircha faqat UMS mobil operatorining internet-mahsulotlarini xarid qilishga mo‘ljallangan. Unga ko‘ra, Click tizimi foydalanuvchilari internet-mahsulotlarni bevosita plastik kartadan, ya’ni abonent balansiga tegmagan holda sotib olishlari mumkin.

Hozirda Click’ning barcha foydalanuvchilari *880# USSD-menyusi orqali internet-to‘plamlarni xarid qilishlari mumkin. Yaqin orada bu imkoniyat Android va iOS qurilmalar uchun mo‘ljallangan Click mobil dasturida ham o‘z aksini topadi.

UMS internet-xizmatlarini Click tizimi orqali sotib olish judayam oson. Buning uchun *880# so‘rovini yuborib, ro‘yxatdan “Internet-to‘plamlar” punktini tanlash lozim. So‘ngra UMS (1>UMS) operatorini belgilab, kerakli xizmatni o‘z ichiga olgan buyruqni yuborish kerak bo‘ladi. Ayni vaqtda Click tizimi yordamida UMS’ning quyidagi mahsulot va xizmatlarini ulash mumkin: kunlik va oylik internet-to‘plamlar, oylik tungi internet-to‘plamlar, shuningdek, “Tungi DRIVE” (tungi cheksiz Internet) xizmati.

Har bir belgilangan punktda Click foydalanuvchilari kerakli to‘plamlar ro‘yxati va ularning narxini ko‘rishlari mumkin. Internet-to‘plam yoki xizmatni tanlagandan so‘ng ular qaysi abonent raqami uchun faollashtirilishini ko‘rsatishlari lozim. Bu qulaylikning e’tiborli jihati shundaki, foydalanuvchi UMS mahsulot va xizmatlarini nafaqat o‘zi uchun ulashi, balki UMS abonenti bo‘lgan qarindoshlari, yaqinlari, do‘stlariga sovg‘a yoki yoqimli syurpriz sifatida taqdim etishi mumkin.

Bundan tashqari, UMS mobil raqamiga internet-xizmatlarni ulash boshqa operatorlar abonentlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Balans yoki plastik kartasida yetarlicha mablag‘ bo‘lmagan, Click tizimiga hali ulanmagan, lekin Internet-to‘plamlarni xarid qilmoqchi bo‘lgan abonentlar uchun xizmat juda ham asqotadi.

Yangi servisdan faol foydalanish uchun yana bir ajoyib sabab mavjud. Hozirda UMS mobil operatori avvalgi narxlarda ikki baravar ko‘p internet-trafik beruvchi “1+1” aksiyasini o‘tkazmoqda. Uning shartlariga ko‘ra, 1000 megabayt va undan kattaroq hajmga ega oylik internet-to‘plamlarni xarid qilgan abonentga avtomatik ravishda bepul bonus — xuddi o‘sha hajmga ega oylik tungi to‘plam belgilanadi. Internet-to‘plamlar aksiya doirasida Click orqali xarid qilinganda ham bonuslar belgilanadi.

“Shu kunlarda UMS mobil operatori O‘zbekiston mobil aloqa bozorida faoliyat yuritayotganiga ikki yil to‘ldi. Ushbu davr mobaynida kompaniya o‘zini nafaqat sifatli va ishonchli ovozli aloqa va internet taqdim etuvchi, balki abonentlar uchun iloji boricha qulayroq shartlarga ega bo‘lgan innovatsion data-xizmatlarni doimiy tarzda ko‘rsatuvchi operator maqomiga ega bo‘ldi. Click bilan hamkorlikda ishga tushirilgan yangi servis O‘zbekiston bozorida zamonaviy mobil banking xizmatlarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishimizga sababchi bo‘ldi. Muvaffaqiyatli ishga tushirilgan xizmat ‘1+1’ aksiyasi bilan bir qatorda abonentlarimizni yuqori tezlikdagi internet-syorfing bilan ta’minlashga va Yangi yil arafasida judayam dolzarbligiga aminmiz. Shuni ham qo‘shib o‘tmoqchi edimki, bu Click kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirayotgan ilk loyihamiz. Uning samarali yo‘lga qo‘yilishi yaqin hamkorligimiz kelajakda ham davom etishidan dalolat beradi”, — deya izohladi UMS tijorat direktori Sayyodjon Matkarimov.

“Ushbu noyob xizmatni ishga tushishi kompaniyamiz Click tizimi foydalanuvchilariga eng qulay imkoniyat va qulayliklarni yaratib berishga intilayotganidan dalolatdir. Kundalik hayotimizda internetning ahamiyati ortib borayotgan sharoitda undan foydalanishda shartlarini osonlashtirish va qo‘shimcha qulayliklar yaratishni talab qiladi. Bunday imkoniyatni UMS kompaniyasi bilan birgalikda ishga tushirganimizdan judayam mamnunmiz va hamkorligimiz kelajakda kengayishidan umidvormiz”, — deya ta’kidladi Click kompaniyasi bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Яндекс.Метрика