У нас есть только
оригинальные песни

UMS yangi "Mini" tarifini taqdim etdi

calendar 08.09.2015
4884

Tarif MINI

  • O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun haftasiga 25 daqiqa
  • O‘zbekiston bo‘yicha haftasiga 25ta chiquvchi SMS
  • haftasiga 25 MB Internet-trafik
  • kiruvchi qo‘ng‘iroqlar – 0$.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 1 daqiqa AQSh dollarida
$ 0,025 UMS abonentlariga (25 daqiqalik limitdan tashqari)**
$ 0,03 O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (25 daqiqalik limitdan tashqari)**
$ 0,03 shahar raqamlariga (25 daqiqalik limitdan tashqari)**
O’zbekiston bo’yicha SMS/MMS 1 xabar AQSh dollarida
$ 0,00 Kiruvchi SMS va MMS-xabarlar
$ 0,02 UMS tarmog‘idagi abonentlarga chiquvchi SMS va MMS-xabarlar (25ta SMSdan iborat limitdan tashqari)
$ 0,02 O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga chiquvchi SMS va MMS-xabarlar (25ta SMSdan iborat limitdan tashqari)
$ 0,15 Chiquvchi xalqaro SMS-xabarlar*
Internet 1 Mb trafik AQSh dollarida
$ 0,10 haftasiga 25 MB limitdan tashqari 1 MB internet-trafik uchun
Majburiy to’lovlar
$ 1,00 Obuna to‘lovi (haftalik)


«MINI» tarif rejasiga o‘tish:

USSD – *111*106#

SMS-yordamchi – 616106 raqamiga 1 raqami

Foydali buyruqlar:

*100# – balansni, tarif rejasini hamda haftalik to‘lovga kiritilgan daqiqalar va Internet-to‘plamlar qoldig‘ini bilish;

*111*018# – sotib olingan SMS-to‘plamlar qoldig‘ini tekshirish;

*102# – sotib olingan Internet-to‘plamlar qoldig‘ini tekshirish

Shartlar:

Buxoro, Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlari uchun boshlang‘ich komplekt narxi – 5000 so‘m. Mablag‘ning hammasi balansga tushadi.

Boshqa mintaqalar uchun boshlang‘ich komplekt narxi – 2,50$.

1,50$ – ulanish narxi, 1$ balansga tushadi.

«Mini» tarif rejasiga «Absolut», «Ultra», «Maxi», «Maxi New» va «Optima» tarif rejalaridan o‘tish qiymati — 1,00$, «Start» va «Veteran» tarif rejalaridan o‘tish qiymati – 0,00$.
Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
Narxlash ishlari daqiqalar bo‘yicha olib boriladi.
So‘zlashuv davomiyligi kattalashish tomoniga yaxlitlanadi.Hisob-kitoblar to‘lov kunidagi O‘zmarkazbank kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.UMS abonentlari bilan videoqo‘ng‘iroq orqali so‘zlashish mumkin. Boshqa mobil operatorlarning abonentlari bilan videoqo‘ng‘iroq vositasida so‘zlashish imkoni bor-yo‘qligi operatorlardan aniqlanishi kerak.

Ushbu tarif rejasida obuna to‘lovi, agar raqam qisman yoki majburiy bandlanmagan bo‘lsa, har bir kalendar haftasining dushanba kuni olinadi.

Kalendar haftasining istalgan kuni abonent hisobvaraqni to‘ldirib faol holatga o‘tganida, tungi soat 00:00dan 03:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tarif bo‘yicha obuna to‘lovi yechib olinadi hamda daqiqalar, SMSlar va bonus megabaytlari beriladi.

Echib olingan obuna to‘lovi mazkur tarif rejasidan boshqa har qanday tarifga o‘tilganda qayta hisoblanmaydi va qaytarilmaydi.
Ushbu tarif rejasiga ulanilganda yoki o‘tilganda mazkur tarif rejasi doirasidagi obuna to‘lovi, daqiqalar, SMSlar va megabaytlar hajmi kalendar haftasida qolgan kunlar miqdoriga mutanosib bo‘ladi.
Tarif rejasi o‘zgartirilganda ushbu tarif rejasi shartlariga ko‘ra berilgan daqiqalar, megabaytlar va SMSlar kuyib ketadi.
25 daqiqalik to‘plam, 25ta SMS va 25 MBlik Internet to‘plamlari tarifdagi obuna to‘lovi doirasida, 1 kalendar hafta muddatga beriladi.

Tarifga kiritilgan internet-to‘plam, daqiqalar to‘plami va SMS-to‘plam eng yuqori ustuvorlikka ega bo‘lib, birinchi navbatda sarflanadi.
Tarifga kiritilgan internet-to‘plam, daqiqalar to‘plami va SMS-to‘plam boshqa to‘plamlarga qo‘shib yuborilmaydi.

Tarifga kiritilgan internet-to‘plam, daqiqalar to‘plami va SMS-to‘plam keyingi haftaga o‘tkazilmaydi.

«Mini» tarif rejasiga o‘tilganda obuna to‘lovi, daqiqalar, SMSlar va internet to‘plamlari hajmi kalendar haftada qolgan kunlar miqdoriga mutanosib bo‘ladi.
Balans nolga tenglashsa yoki undan ham kamaysa, "Aloqadaman” xizmati faollashadi va uning yordamida abonent kiruvchi qo‘ng‘iroqlar hamda SMSlarni qabul qila oladi.

* Xalqaro SMS-xabarlar ushbu sahifada ko‘rsatilgan xorijiy aloqa operatorlarining abonentlariga kafolatli yetkazib beriladi.

** Tarif rejasiga kiritilgan 25 daqiqa O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha (O‘zbekistonning mobil operatorlari abonentlariga va shahar raqamlariga) chiquvchi qo‘ng‘iroqlarda ishlatish uchun beriladi. 
Яндекс.Метрика