У нас есть только
оригинальные песни

UMS yangi "Ultra" tarif rejasini taqdim etdi

calendar 17.06.2015
5282

UMS uyali aloqa kompaniyasi yangi "Ultra" deb nomlangan tarif rejani taqdim etdi.

Tarif Ultra

  • «UMS» tarmog‘i ichida bepul qo‘ng‘iroqlar; 
  • boshqa mobil operatorlar va shahar telefon raqamlariga chiqish uchun 2000 daqiqa; 
  • 1500 MB internet-trafik
  • 1000ta SMS; 
  • kiruvchi qo‘ng‘iroqlar — 0 $; 
  • kiruvchi SMS va MMSlar — 0 $; 
  • obuna to‘lovi oyiga 25 $.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 1 daqiqa AQSh dollarida
$ 0,00UMS abonentlariga
$ 0,02**Boshqa uyali aloqa operatorlarining abonentlariga
$ 0,02**Shahar telefonlariga
O’zbekiston bo’yicha SMS/MMS 1 xabar AQSh dollarida
$ 0,00kiruvchi SMS va MMS-xabarlar
$ 0,02UMS tarmog‘idagi abonentlarga chiquvchi SMS va MMS-xabarlar
$ 0,02Boshqa operatorlarning mobil tarmog‘idagi abonentlarga chiquvchi SMS va MMS-xabarlar
$ 0,15chiquvchi xalqaro SMS-xabarlar
Internet 1 Mb trafik AQSh dollarida
$ 0,10to‘plamdan tashqari 1 MB internet-trafik
Majburiy to’lovlar
25$/oyiga,obuna to‘lovi (har oyning 1-kunida olinadi)


«Ultra» tarif rejasiga o‘tish:

USSD – *111*103#

SMS – 616103 raqamiga 1 raqami

Foydali buyruqlar:

*100# – balansni, tarif rejasini va oylik to‘lov doirasidagi to‘plamlar qoldig‘ini bilish;

*111*018# – SMS-to‘plam ulangan bo‘lsa, trafik qoldig‘ini bilish;

*111*019# – Internet-to‘plam ulangan bo‘lsa, trafik qoldig‘ini bilish.

Shartlar:

  • Dastlabki komplekt narxi – 26,50$

  • Boshqa shaharlar uchun: 1,50$ – ulanish narxi, 25$ – balansga tushadi.

  • Navoiy va Xorazm viloyatlarining aholisi uchun butun summa balansga tushadi.

  • Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda AQSh dollarida ko‘rsatilgan;

  • «Ultra» tarif rejasiga o‘tish narxi — 0$;

  • Narxlash ishlari daqiqalar bo‘yicha olib boriladi;

  • Mazkur tarif rejasi bo‘yicha obuna to‘lovi har oyning birinchi kunida, balans ijobiy bo‘lgan taqdirda yechib olinadi;

  • Kalendar oyning istalgan kuni abonent hisobvaraqni to‘ldirib, faol holatga o‘tganda soat 00:00dan 03:00gacha bo‘lgan davrda tarif bo‘yicha obuna to‘lovi olinib, daqiqalar, SMSlar va megabaytlar beriladi;

  • Yangi ulanish yoki ushbu tarif rejasiga o‘tish vaqtida mazkur tarif rejasi doirasidagi daqiqalar, SMSlar va megabaytlar kalendar oyda qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda beriladi;

  • Ushbu tarif rejasidan boshqa har qanday tarif rejasiga o‘tilganda, ilgari ushlab qolingan obuna to‘lovi qaytarilmaydi;

  • Tarif rejasi almashganda mazkur tarif rejasining shartlariga muvofiq berilgan daqiqalar, SMSlar va megabaytlar kuyib ketadi;

  • So‘zlashuv davomiyligi kattalashish tomoniga yaxlitlanadi;

  • hisob-kitoblar to‘lov kunidagi O‘zmarkazbank kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi;

  • UMS abonentlari bilan videoqo‘ng‘iroq vositasida aloqa bog‘lash mumkin. Boshqa uyali aloqa operatorlarining abonentlari bilan videoqo‘ng‘iroq orqali bog‘lanish imkoni bor-yo‘qligi shu operatorlarning o‘zidan aniqlanishi kerak;

  • 2000 daqiqa, 1000ta SMS va 1500 MB hajmidagi to‘plamlar (tarif rejasidagi obuna to‘lovi doirasida) 1 kalendar oy muddatga beriladi;

  • Tarifga kiritilgan daqiqalar, SMSlar to‘plamlari va internet-to‘plam keyingi oyga o‘tmaydi;

  • Balans nolga tenglashsa yoki salbiy bo‘lib qolsa, "Aloqadaman” xizmati faollashadi va natijada abonent kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMSlarni qabul qila oladi;

  • *Xalqaro SMS-xabarlar bu yerda ko‘rsatilgan xorijiy aloqa operatorlarining abonentlariga kafolatli yetkazilmoqda.
  • ** Tarif rejasiga kiritilgan 2000 daqiqa O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha (O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga va shahar telefon raqamlariga) chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun taqdim etiladi.
Яндекс.Метрика