У нас есть только
оригинальные песни

Urg‘ochi oq ayiq Frans-Iosif Yerida quruvchini o‘ldirdi

calendar 15.01.2016
1142

Urg‘ochi oq ayiq Frans-Iosif Yeri arxipelagidagi Aleksandra Yeri orolida quruvchini o‘ldirdi. Bu haqda “Rus Arktikasi” milliy bog‘i direktori Roman Yershov “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.

“So‘z qurilish tashkiloti xodimi haqida bormoqda, hozirda politsiya ishtirokida surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Katta ehtimol bilan, xavfsizlik qoidalari buzilgan, chunki ishchi ochiq tundrada yolg‘iz bo‘lgan. Bu ishni amalga oshirgan urg‘ochi ayiq va ayiq bolasi bizning nazoratchilarimiz tomonidan haydab yuborildi”, — dedi Yershov.

Direktorning so‘zlariga ko‘ra, hodisa bir hafta oldin sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida Arktikaning Vrangel orolida oq ayiqqa portlovchi paket yedirib, uning qiynalib jon berishi tasvirlangan video paydo bo‘lgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jonivorga portlovchi paketni quruvchilar bergan.

Яндекс.Метрика