loading...

 

Urush hech qachon, hech qanday shaklda qaytarilmasin

Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og'ir kunlarni sabr-bardosh bilan enggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o'zligini yo'qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko'rsatish tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi. 1999 yil 2 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov urush faxriylari, ishtirokchilari va urushda qurbon bo'lganlarning oilalaridan tushayotgan ko'plab iltimosnomalarni, xalqimizning, jamoat tashkilotlarining bildirayotgan xohish-irodasini inobatga olib, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok bo'lganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan O'zbekistonning barcha o'g'lonlari xotirasini abadiylashtirish muhimligini nazarda tutgan holda, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro'-e'tiborini yuksaltirishga yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo'shayotgan barcha kishilarning hurmatini joyiga qo'yish maqsadida “9 May Xotira va Qadrlash kuni deb e'lon qilish to'g'risida farmon qabul qildi.

Farmonda “Xotira va Qadrlash kunining umumxalq bayrami sifatida, keng nishonlanishini ta'minlash barcha davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarining, idora va korxonalarning, birinchi galdagi vazifasi, barcha O'zbekiston fuqarolarining or-nomus, vijdon ishi va an'anaviy burchi deb belgilanishi, fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga hissa qo'shgan, Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, bor kuch-quvvatini ayamagan biror bir faxriy, biror bir kishi unutilmasligi kerakligi, ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom ko'rsatilishi shart”ligi belgilab qo'yildi. Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mo''tabardir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday insonparvar tamoyillar o'z ifodasini topgan.
BMT Bosh Assambleyasi 2004 yilning 24 noyabrida 8 yoki 9 mayni Xotira va Yarash kuni sifatida nishonlash borasida № A/RES/59/26 qabul qilgan rezolyutsiyada BMTga azo mamlakatlarning bu kunlardan birini o'z xohishlariga ko'ra nomlashlari mumkinligi ham ta'kidlangan. Bosh Assambleya sana qanday nomlanishidan qatiy nazar 8 may yoki 9 maydan birida ikkinchi jaxon urushi qurbonlarining xotirasi yodga olinishi kerak degan xulosaga keldi. Bayramdan ko'zlangan asosiy maqsad yosh avlod qalbida g'alabaga ulkan hissa qo'shgan, insoniyatni qullik iskanjasidan qutqargan ota-bobolaridan faxrlanish tuyg'usini uyg'otish, g'alaba yo'lida qurbon bo'lganlarning xotirasini yodga olishdan iborat.Shunisi e'tiborliki, O'zbekistonda qabul qilingan tarixiy farmondan besh yil o'tib, 2004 yil 24 noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiya qabul qilib, unda Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasi uchun 8 va 9 may kunlarini Xotira va Yarash kuni sifatida e'lon qilish belgilandi.

Yildan yilga ma'shum urush ishtirokchilarining safi siyraklashib bormoqda. Bosh Assambleya mazkur tarixiy sanada kelajak avlod urush xavfidan xalos bo'lishi, BMTga a'zo mamlakatlar esa yangi tahdid va chaqiriqlarga qarshi turishi lozimligi, barcha bahsli masalalar BMT Nizomi va xalqaro xujjatlar orqali bartaraf etilishi uchun imkoniyat yaratilgani borasida ma'lum qildi.

2010 yilning 2 mart kuni qabul qilingan rezolyutsiyada esa BMTga a'zo barcha mamlakatlarga murojaat qilinar ekan, BMT tizimidagi tashkilotlar, nohukumat tashkilotlari va xususiy shaxslar Ikkinchi jaxon urushi qurbonlarini yodga olish maqsadida tadbirlar o'tkazishi tavsiya qilinadi. Aynan o'sha yilning 6 may kuni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 65 yilligi munosabati bilan BMT Bosh Assambleyasining maxsus tantanali majlisi bo'lib o'tdi. O'tgan yilning 26 fevralida esa BMT Bosh Assambleyasi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 70 yilligi” deb nomlangan 69/267 raqamli rezolyutsiya qabul qildi. Unda mazkur tarixiy hodisa BMT uchun urushlarni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratib bergani ta'kidlanadi. Hujjatda bosh Assambleya raisiga murojaat qilinib, may oyining ikkinchi haftasida dunyoda bo'lib o'tgan barcha urushlarning qurbonlari xotirasi uchun maxsus anjuman o'tkazilishi tavsiya qilinadi. Bu anjuman BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgoxida 5 may kuni o'tkazildi.

BMT tavsiyasiga ko'ra bugun Еvropada Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alaba nishonlanmoqda. “Ko'hna qita”da 8 may “Xotira va Yarash kuni” sifatida bayram qilinadi. Tadbirlar Frantsii, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Sharqiy va G'arbiy Еvropaning boshqa mamlakatlarida bo'lib o'tmoqda. Еvropa mamlakatlari orasida 8 may faqat Frantsiyada Sharl De Goll davridan beri dam olish kuni deb belgilangan. To'g'ri, bu yil 8 may yakshanba - dam olish kuniga to'g'ri kelgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Frantsiya 300 ming kishidan ayrildi.

Buyuk Britaniyada asosiy tadbirlar Londonning Uaytxoll ko'chasida bunyod etilgan yodgorlik oldida bo'lib o'tadi. Ananaga binoan tadbirda mamlakkat siyosatchilari, qirolicha oilasining a'zolari ishtirok etadi.

AQShda 8 may nishonlanadigan bayram “Еvropada g'alaba kuni” deb nomlanadi. Bayram tadbirlari Virjiniyadagi xarbiy aerodromda boshlanib poytaxt Vashingtonda davom etadi. Polshada esa asosiy tadbirlar Gdansk shahrida o'tkaziladi.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek, butun dunyo xalqlarining ezgu orzusi, xohish-irodasi bitta. U ham bo'lsa, urush hech qachon, hech qanday shaklda qaytarilmasin, degan talabdir. Bunday istak, bunday maqsad jahondagi barcha xalqlarning manfaatlariga to'g'ri keladi. Chunki, hech qaysi xalq urushni xohlamaydi. Bizning xalqimizga tinchlik va omonlik kerak. Faqat tinchlik va osoyishtalik bo'lgan, mehr-oqibat, o'zaro hurmat hukm surayotgan davlatda, jamiyatda farovon va baxtli hayot qurish mumkin, eng ezgu orzu-maqsadlarga etishish mumkin. Bugun biz qurbonlar xotirasi oldida ta'zim qilamiz.


Комментарии (0) | Добавить: 08.05.2016

Добавить комментарий
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash
loading...