У нас есть только
оригинальные песни

USB-fleshkalardan foydalanishning 5 ta nostandart usuli

calendar 12.05.2016
2048

USB-fleshkalaridan ma’lumotlarni saqlashdan tashqari, boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin, deb yozadi “Layfxaker”.

Kompyuterni bloklab qo‘yish uchun kalit

Ko‘p sayohat qiluvchi, aeroport va kafelarda ishlashiga to‘g‘ri keluvchi odamlar uchun kompyuterni saqlash real muammoga aylanmoqda. Odatda aksariyat o‘g‘riliklar aynan o‘sha yerlarda sodir bo‘ladi.

USB-fleshka noutbugingizni qanday himoya qilishi mumkin? Predator dasturi fleshka olingan zahotiyoq kompyuterni bloklab qo‘yadi va undan foydalanishga uringan odamni suratga oladi. Noto‘g‘ri parol kiritilganda Predator e’tiborni jalb qiluvchi baland ovoz chiqaradi.

Qo‘riqlov tizimi

LAlarm bazasidagi himoya tizimida fleshka nafaqat noutbukka qo‘yiladi, balki stolga yoki boshqa nisbatan siljimaydigan buyumga mustahkamlab qo‘yiladi. Ekran blokirovkaga tushgandan keyin tizim qo‘riqlov rejimiga o‘tadi. Agar kimdir kompyuteringizni olishga urinsa, baland ovozli sirena ishga tushadi. Bu jinoyatchining qo‘rqib, qochib ketishiga sabab bo‘ladi.

Simsiz tarmoqlar parollarini saqlash joyi

Wi-Fi parollarini qog‘oz parchasiga yozish o‘tgan asrda qolganligiga qo‘shilsangiz kerak.

Buning uchun siz kompyuterga bir nechta buyruqni kiritishingiz kerak bo‘ladi. Win+R tugmasini bosib, quyidagi kodni kiritasiz:

netsh wlan show profile

Keyin kerakli tarmoqning nomini topib, shu buyruqqa joylaysiz va unga XML-faylni saqlash kerak bo‘lgan fleshka diski harfini qo‘shasiz:

netsh wlan export profile “tarmoq_nomi” key=clear folder=“disk_harfi”

Zarurat bo‘lganda, simsiz tarmoq parolini avvalroq saqlab qo‘yilgan fayldan nusxa ko‘chirish orqali qayta tiklash mumkin. Bunda quyidagi buyruqdan foydalaniladi:

netsh wlan add profile filename=“xml_faylga_yo‘l” user=all

Portabel dasturli disk

O‘rnatmasdan ishlatilinadigan dasturlarni yuklab olish mumkin bo‘lgan eng taniqli portal bu PortableApps’dir. Brauzerlar, grafika redaktorlari, matnli protsessorlar hamda turli vaziyatlarda asqotuvchi boshqa dasturlarni undan topish mumkin.

Linux distributiviga ega bo‘lgan Live-CD

Kompyuteringizda nafaqat dasturlar, balki operatsion tizimsiz ishlash zarur bo‘lgan holatlarda fleshkalardan biriga biror Linux distributiviga ega bo‘lgan Live-CD’ni yozib olish foydalidir.

Яндекс.Метрика