Yamaykalik sprinter Useyn Bolt engil atletika bo'yicha 11 karra jahon chempioni bo'ldi.
Useyn
Bolt, Nesta Kartera, Asafa Pauell va Nikel Ashmeddan tashkil topgan
Yamayka terma jamoasi Pekindagi jahon chempionatida erkaklar o'rtasida
4x100 m lik estafeta yugurishda 37,36 soniya natija bilan g'olib bo'ldi.
2-o'rinni AQSh terma jamoasi (Treyvon Bromell, Jastin Gatlin, Tayson
Gey va Mayk Rojers), 3-o'rinni esa Xitoy terma jamoasi (Mo Yusyu, Si
Chjeni, Su Bintyan va Chjan Peymen) egalladi.
Еngil atletika. Jahon chempionati. Pekin
Erkaklar. 4x100 m lik estafeta yugurish
1. Yamayka — 37,36 soniya.
2. AQSh — 37,77 soniya.
3. Xitoy — 38,01 soniya.