У нас есть только
оригинальные песни

«Usmonlilar tarsakisini yemaganlar» - Erdo'g'an

calendar 14.02.2018
1358

Vashington yaqinda «usmonlilar tarsakisini» ko'rishi mumkin, deya aytib o'tdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an. Uning qo'shimcha qilishicha, NATOning barcha a`zolari AQShga tengdir. Bu haqda RT xabar qilgan.

Turkiya yetakchisi Anqarada Adolat va taraqqiyot hukmron partiyasi oldida chiqish qilib, shunday bayonot berdi. Shu tariqa, u IShID bilan kurash bo'yicha koalitsiyaga rahbarlik qiluvchi general-leytenant Pol Fankning so'zlariga izoh berdi. General Turkiya Suriyadagi Manbijga zarba beriladigan bo'lsa, qat`iy javob olishi haqida aytib o'tgandi. 

«Qat`iy javob haqida gapirayotganlar hech qachon «usmonlilar tarsakisini» yemagan», - deya aytib o'tdi Erdo'g'an.

Bunday ibora ostida yanicharilar (18-asrda Turkiyada: piyoda askarlar) tomonidan ochiq kaft bilan beriluvchi va ko'p holatlarda raqibni nokautga tushirib qo'yadigan yoki hattoki uning o'limiga sabab bo'ladigan zarba tushuniladi.

Яндекс.Метрика