У нас есть только
оригинальные песни

Uyali aloqa qachon yaxshi ishlaydi?

calendar 20.11.2015
1990

Oxirgi paytlarda O'zbekistonning turli hududlarda uyali aloqa sifatining tushib ketganligi qizg'in bahslarga sabab bo'lmoqda. Garchi bunga har xil sabablar ko'rsatilgan, aloqa sifati tezda yaxshilanishi va'da qilingan bo'lsa ham, shikoyatlar tinmayapti, aholi uyali aloqa sifatidan hamon norozi, deb e'tirof etadi “Darakchi” nashri.

“Ayni vaqtda iste'molchilar uchun uning sifat darajasi muhim muammolardan biri bo'lib turibdi, - deyiladi materialda. – Chunki aloqa sifatsizligi bilan bog'liq har bir muammo muhim ishlarni amalga oshirishda pand bermoqda. So'zlashuv vaqtida aloqaning o'z-o'zidan yo'qolib qolishi, yoqimsiz shovqinlar, so'z va gaplarning boshi yo oxiri eshitilmay qolishi kabi holatlar mobil aloqa vaqtida yuzaga kelayotgan muammolarning ba'zilari xolos”.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspektsiyasi Mobil aloqa tizimlari va radio chastotalaridan foydalanish monitoringi boshqarmasi boshlig'i Kamoliddin Avulov nashrga bergan intervyusida bu borada mobil operatorlarga tegishli ko'rsatmalar berilganini hamda muammolarning bartaraf etilish jarayoni doimiy ravishda kuzatib kelinayotganini aytib o'tdi.
“Coscom (UCell), Unitel (Beeline), RWS (Perfectum) va “O'zbektelekom” (UzMobile) operatorlari Inspektsiyadan ogohlantirish oldilar, - dedi u. – Ular O'Zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi barcha normativ aktlarga amal qilgan holda ish olib borishmoqda va Inspektsiyaga aloqa sifatini yaxshilash borasidagi rejalarini taqdim etishdi”.

Avulovning ta'kidlashicha, abonentlar asosan mobil aloqa sifati (ovozli xizmatlar, internet) hamda call-markazlardagi operatorlar shikoyat qilishadi. Shikoyatlarning aksariyati Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Xorazm va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridan tushadi.

UzMobile “O'zbektelekom” filiali abonentlarga xizmat ko'rsatish va abonentlarni saqlash qolish xizmati guruhi rahbari Kattaboy Kattaevning so'zlariga qaraganda, “Mobil aloqaning milliy operatori tizimini yaratish” loyihasi doirasida uch bosqichdan iborat bo'lgan aloqa qurilmasini yaratish rejalashtirilgan:
1-bosqich: Toshkent shahri va Toshkent viloyatini qamrab olish (2015 yil);
2-bosqich: respublikadagi viloyatlar va tuman markazlarini qamrab olish (2016 yil);
3-bosqich: mamlakatning barcha aholi punktlarini qamrab olish (2017-2018 yillar).

Яндекс.Метрика