loading...

 

Uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol qo'lga tushdi

Navbahor Mirzo Ulug'bek istirohat bog'ida tanishi Olloberganni ko'rib qoldi. Keyin birorta joy topib, birga dam olishni rejalashtirishdi. “Tanish-bilishlaring bormi o'zi? Hech bo'lmaganda bir soatga joy kerak bo'ladi”, dedi unga Ollobergan.

“Pul bo'lsa changalda sho'rva, deydilar. Puling bo'lsa joy topiladi. Bir yarim oy oldin bir taksistdan so'rab-surishtirib vaqtincha joy berib turadigan ayolning raqamini olgandim. Hozir o'sha ayol bilan gaplashaman”,  deya Navbahor Mufassalga qo'ng'iroq qildi. Undan bir soatga tanishi bilan dam olishiga joy kerakligini tushuntirdi. 
O'sha damda Mufassal ham pulga zoriqib yurganligi uchun o'ylab ham o'tirmasdan “Bir soatga 40.000 so'm bo'ladi”, deb aytdi. Navbahor uning aytgan narxiga rozi bo'lib, Ollobergan bilan ayolnikiga yo'l olishdi.

Mufassal ularni kutib olib, dam olishlari uchun oshxonada sharoit yaratib berdi. Navbahor buning evaziga Mufassalga aytilgan 40.000 so'mni berdi. Ayol boshqa xonaga chiqib ketdi.
O'sha kuni fuqarolik kiyimidagi IIB xodimlari ko'p qavatli qavatli uyga kirib chiqayotganlarni kuzatib turganligi uchun shubhalangan xonadonning eshigini taqillatishdi. 
Eshikni Mufassal ochib, begona kishilarni ko'rib ajablandi. IIB xodimlari hujjatlarini ko'rsatib, uyda kimlar borligini so'rashayotganligida to'satdan Navbahor va Olloberganga ko'zlari tushishdi. Ulardan bu erda nima qilishayotganligini so'rashdi. Navbahor uyalmasdan dam olgani kelganligini, bir soat uchun Mufassalga 40.000 so'm berganligini aytdi. Ayol  pul zarur bo'lib qolganligi uchun shu ishni qilganligini bo'yniga oldi.

IIB xodimlari ikkita xolis ishtirokida Mufassaldan 40.000 so'mni dalolatnoma asosida hujjatlashtirib olishdi.   
Mufassal uchta farzandini uyidan fohishaxona ochib boqsa, deya hayratdan yoqangni ushlaysan. Axir oyni etak bilan yashirib bo'lmaydi-da. Shunday qilib sud Mufassal Abdujamolovaga eng kam oylik ish haqining 25 baravari, ya'ni 2.960.000 so'm miqdorida jarima jazosi tayinladi. Mufassal qo'ni qo'shnilari  va yaqinlari oldida isnodga qoldi.


Комментарии (1) | Добавить: 12.06.2016

1.  (14.06.2016 18:59)
Bunaqalarni otib tawaw kere
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Yerga o'xshash yana yetti sayyora aniqlandi
Sobiq ittifoqning birinchi va so'nggi prezidenti Germaniyadagi villasini sotuvga qo'ydi
Skype’ning "yengillashtirilgan" versiyasi taqdim etildi
Xorazmda GM Uzbekistan xodimlari hibsga olindi
Instagram 10ta suratni 1ta postda chiqarish imkonini yaratdi
Urganch-Xiva temir yo'li qachondan ishga tushirilishi ma`lum bo'ldi
Toshkent shahrida pensionerlarga bir oyda jami qancha naqd pul to‘lanadi? Javob — bitta rasmda
O'zbekistonda spays narkotik moddaga tenglashtiriladi
O'zbekistonda xorijiy tillardagi yangi telekanal ochiladi
O'zbekistonda yangi sud: u yerga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari ustidan shikoyat qilish mumkin
Islom Karimov haqida badiiy film suratga olinadi
Chor Minor - Chor minor chor atrofi suv minor
Nega ayollarning erkaklarga nisbatan do'sti ko'p?
Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini sotuvga chiqaradi
Haqiqiy iPhone’ni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?
Qalovini topsang qor ham yonar: Toshkentdagi do'konlar 1 martgacha 6 mingta terminal bilan jihozlanadigan bo'ldi
Sog'liqni saqlash vaziri vazifasidan ozod etildi
Google haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar
10 ming so'mlik banknotda Islom Karimov surati bo'ladi
“Odnoklassniki” messenjyeri milliondan ortiq mobil qurilmaga o'rnatildi
Rayhon 2017-yilgi konsert dasturiga FotoNigoh!
Namanganda ishsiz fuqaroning Damas mashinasi olib qochildi
Lindsi Lohan ro'mol sabab Hitrou aeroportida qo'shimcha tekshiruvdan o'tkazildi
Bryusselda AQShga yana bir shtatni qo'shib qo'yishdi