У нас есть только
оригинальные песни

UYLANISH OPERATSIYASI!

calendar 19.10.2012
10189
 

Uylanish ham shunaqa oldin obdon u yoq bu yoqqa qarash kerak,keyin peshanadan terni oqizib soch yulgandan ne foyda?Kamina bu borada shoshmasdan ish tutganman.Keling,uylanish tushlariga kirayotgan bo'ydoqlarga o'z tajribalarimni bayon etsam.Birinchi bo'lib Sharofat ismli qiz bilan uchrashuvga chiqqanman.To'g'risi ilk ko'rishda yuragim jiz etgan,KONKRET sinaganman,agar opam qo'limdan ushlab qolmaganida TOCHNO hind aktyori Rishi Kapurga o'xshab,ME SHAYIR TO NAXI deb qo'shiq aytib yuborardim.Biroq Sharofatxon bilan gaplashgandan keyin xafsalam pir bo'ldi NIMA KERAGI BOR BUNAQA QIZGA UYLANISHNI devordim ichimdan.Chunki savollari DAXSHAT edi:Nechta farzandiz bo'lishini istaysiz?(YANI NECHTA TUG'IB BERAY?)demoqchi.Oyligiz necha pul?(OYLIGIM BN NIMA ISHING BOR YETARLIDIRKI UYLANYAPMAN).Karoche haqqini ortig'i bn talab qiladigan qiz ekanligi shundoq oydinlashdi.Uning ustiga qiz bola tanimagan erkakning ko'ziga ko'zini lo'q qilib shart qo'ymaydi,sal uyaladi.Oradan bir xafta o'tgach,Sayyoraxon degan qiz bn uchrashuvga chiqdim.Salom alikdan keyin nima diydi deng:Dovcha yegim kelyapti diydi.Yaxshi qiz axir xozir kuz bo'lsa dovchani katta xolayizikidan olib beramanmi?-desam arazlap qoldi.-Siz shunaqasiz yomonsiz deydi.Mening qanaqaligimni darrov qandoq bildi ekan,deb hayron qolganman.Ex bunaqa qizlar to'ydan keyin tinch xayotinga samon to'shab,o't qo'yvoradi.Mahmud Namozovdan qayiiriz kam osmondagi oyni olib bering deb turib oladi.Keyingi uchrashuv Nasibaxon ismli qiz bilan sinashishga axd qildik.Milliy taomlar oshxonasiga olib kiribman.Yaxshi qiz ekanu shu shavlani chappillatib yerkan.Bunaqa odamlarni ko'rsam qitig'im keladi.Muqaddas ismli kutubxonachi qiz bn uchrashuvimiz qiziq bo'lgan.Bechora tekin deb kutubxonadagi barcha kitobni o'qib chiqqan shekilli,nuqul kitobiy tilda gapiradi.MUHTARAM KITOBXON,OLDIN HAM BEGONA YOR BILAN DIYDORLASHGANMISIZ? deydimi ey.Bu yoqda bir jinni buydoq uylanishga qiz topolmay halak u menga esa SIZNINGCHA OTELLO DEZDEMONANI NEGA O'LDIRGAN? deydi.NOSVQOVOG'INI TOPIB BERMAGANI UCHUN dedim.Yana bir qiz bilan uchrashdim ismi Dilya ekan muloyimgina gaplashyotgandik telefoni jiringlab qoldi shunaqangi baqirib so'kib berdiki yonida o'trib men qo'rqib ketdim.Menimcha bu qiz DOLLARCHI chunki boya KURS-PURS,KO'KI,KARAM,BODRING degan gaplarni eshitib qoldim.Har holda bodring tuzlaydigan qizga o'xshamaydi.Ishq bir muz parchasidir,bosdingmi tamom oyog'ing emas,xayoting muzlab ketadi.Sevib uylanishda ham extiyot bo'lish kerak.Odatda yigit oshiq bo'lgach,ZRENYASI pasayadi.Uylanganidan keyin esa moshdek ochiladi lekin bunda kech bo'ladi.Qiz topolmay supada sulayib o'tirgandim qo'shnimizning qizi Manzura uyalibgina salom berib bir kosa ovqat olib kelgan ekan opam ularnikida ziyofatda ekan ular opchiqib ber deyishibdi bir narsa QARS etkanday bo'ldi boshida Manzura kosani tushrib sindirvordimikan desam yo'q qarsillagan mening YURAIM ekan.EX OLDIINGDA OQQAN SUVNI QADRI YO'Q...Aytgancha kelasi Yakshanba to'y.

Flower
Яндекс.Метрика