Uyni jihozlashda o‘zaro monandlikning kichik sirlari

Yashash joyida shinamlik va qulaylikni yaratish uchun dizaynerlik xizmatlaridan foydalanish shart emas. Har bir kishi ijodkorlik qobiliyatiga ega bo‘lmasa ham, bir necha oddiy qoidalarni bilib olib jihozlashni to‘g‘ri tashkillashtira olishi mumkin. Keling, o‘z uyimizni yanada shinamroq va chiroyliroq qilishga urinib ko‘ramiz!

Rang turlari. Neytral rangga 70 foizni ajrating, 20 foiz — qo‘shimcha rangga, qolgan 10 foizi rangli urg‘ulardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Xonada haddan tashqari rang-barang buyumlar ko‘p bo‘lmasligi kerak!

Mebel. Agar sizga birorta stol yoqib qolgan bo‘lsa, uni darrov sotib olishga shoshilmang. O‘lchamlariga e’tibor bering. Ovqatlanishga mo‘ljallangan modellari uchun eng kami 80 sm hisoblanadi. Agar uyda bolalar bo‘lsa, burchaklari o‘tkir bo‘lmagan variantlarini tanlang.

Mebellarni nafaqat to‘g‘ri tanlash, balki to‘g‘ri joylashtirish ham muhim. Divan bilan stol orasida 50 sm ga yaqin joy qoldiring, shunda ularning orasida yurish qulay bo‘ladi. Divanning oyoqlarini kichkina gilamning ustiga qo‘ymang. Agar u katta bo‘lsa, uning ustiga kreslolarning oldingi oyoqlarini qo‘yishingiz mumkin. Orqa oyoqlari har qanday holatlarda ham pol ustida bo‘lishi kerak.

Kitob javonlari va stellajlar. Kitoblarni tik va yotiq holda joylashtirishni birlashtirib, ijodiy tartibsizlikni eslatuvchi holatni yarating.

Rasmlar va ko‘zgular. Rasmlarni va posterlarni mebeldan 10–20 sm yuqoriroq osing, shunda ularni idrok qilish osonroq bo‘ladi. Oynani devorning o‘rtasiga o‘rnating.

Yostiqlar, gilamlar va boshqa to‘qimachilik mahsulotlari. Divan va kreslolar suyanchiqlari yaqiniga yorqin rangli va yirik rasmli katta yostiqlar qo‘ying.


Комментарии (0) | Добавить: 15.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]