У нас есть только
оригинальные песни

Uyqu qanday qilib ozishga yordam beradi?

calendar 06.09.2017
1388

Sog‘lom uyqu qanday qilib parhez saqlashga, mashq qilishni sevishga va ortiqcha vaznni kamaytirishga yordam berishini ko‘rib chiqamiz.

To‘yib uxlamaslik ortiqcha yeyishga olib keladi

Amerikalik olimlar quyidagicha tajriba o‘tkazdi: ular ikkita to‘rt kunlik sessiyaga ko‘ngillilar guruhini taklif qildi. Birinchi to‘rt kun ichida qatnashchilar 8 soatdan, ikkinchisida esa 4,5 soatdan uxladi. Butun tajriba davomida ular bir xil taomlarni yedi, to‘rtinchi kun esa taomnomaga konfet, chips va pechenyelar qo‘shildi. Qatnashuvchilar kam uxlagan ikkinchi sessiyadan keyin ularda shirinlik va zararli tamaddilarga moyillik kuzatildi.

Yaxshi uyqu parhez saqlashga yordam beradi

2012-yilda Kaiser Permanente Center for Health Research tadqiqotchilari tajriba o‘tkazdi. Unda 500 ga yaqin ortiqcha vaznli kishilar qatnashdi. Tajriba boshlanishidan sutkasiga 6-8 soatdan uxlay boshlagan kishilar 6 soatdan kam uxlagan kishilarga qaraganda ikki marta tezroq o‘z vaznini kamaytirdi. To‘yib uxlagan qatnashchilarda energiya darajasining yuqoriroq va stress darajasining esa pastroq ekanligi aniqlandi.

To‘yib uxlash mashq qilishni sevishga yordam beradi

Kam uxlaydigan kishilar ko‘pincha yugurishga chiqishning o‘rniga televizor qarshisida yarim soat bo‘lsa ham ortiqcha o‘tirishni ma’qul ko‘radi. Bunga sabab — mashq qilish uchun energiyaning yetishmasligi.

Яндекс.Метрика