У нас есть только
оригинальные песни

Uyqu qanday qilib sog‘lom tarzda ozishga yordam beradi?

calendar 09.08.2017
1449

Chikago universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarda uyquning kamligi zararli ekanligi, ayniqsa xamirli ovqatlarga moyillikni keltirib chiqarishi aniqlandi.

Agar siz uyquga sarf qilinadigan vaqtni qisqartirib, ancha ishlarni bajarish yoki ko‘proq narsalarga erishish mumkin deb hisoblasangiz, xato qilasiz.

Kam uxlash nafaqat sog‘liq uchun, balki unumdorlik uchun ham zararli hisoblanadi. Bundan tashqari, siz nosog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan moyillikni ham oshirasiz.

Nima uchun ko‘proq uxlash zarurligining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

  1. Uyqu to‘qlik haqida xabardor qilishga yordam beradi

Bizning ishtahamizga ta’sir qiluvchi gormonlar to‘qlik va qoniqish hislarini boshqarishga yordam beradi.

Uyqusiz o‘tkazilgan bir necha tun energiya almashuvini boshqaradigan va to‘yish hissiga javob beruvchi leptin gormonlarining miqdorini kamaytirib yuborishi mumkin.

Biz kam uxlaganimizda organizmga qo‘shimcha energiya talab qilinadi. Shu sababdan biz agar kamroq uxlasak ko‘proq yeyishni xohlaymiz.

Bunday holatda to‘qlik hissi organizmga energiya muvozanatini tiklash uchun zarur bo‘lgan kaloriya miqdori kelib tushgandan keyin paydo bo‘ladi.

  1. Uyqu bizning tanlovimizga ta’sir qiladi

Uyquga to‘ymaslik bizning yegulik sifatida nimani tanlashimizga ham ta’sir qiladi. Siz charchaganingizda tanaffus paytlari tayyorlash biroz qiyin bo‘lgan foydali ovqatlardan ko‘ra yengil tamaddilar (choy yoki qahva va shokolad)ni tanlashingizni balki o‘zingiz ham sezgan bo‘lsangiz kerak.

  1. Sog‘lom uyqu tamaddilarga ehtiyoj paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi

Uyqusizlik odamlarni mechkaylikka undaydi. Kam uxlovchilar yetishmagan uyquning o‘rnini shirin va sho‘r bo‘lgan zararli ovqatlar bilan to‘ldiradi.

Яндекс.Метрика