Uyqu sifatini yaxshilashning 10 usuli

Jahon uyqu jamiyati "Kattalar uchun uyqu gigiyenasining 10 qoidasi"ni ishlab chiqdi. "Layfxaker"da aytilishicha, shu qoidalarga rioya qilinsa, uyqu bilan bog'liq muammolar sizni chetlab o'tadi.

1. Har doim bir vaqtda uxlash va uyg'onishni odat qiling

Ko'pchilik dam olish kunlari uyqudan kechroq turishga harakat qiladi. Biroq olimlarning fikricha, bunday beqarorlik tufayli bizning sirkad ritmimiz buzilishi mumkin ekan. Uyquni yaxshilash uchun har kuni bir vaqtda uxlashga yotib, bir vaqtda uyg'onish tavsiya etiladi.

2. Charchoqni his qilsangiz, biroz mizg'ib oling

Biroz mizg'ib olsangiz, o'zingizni yana tetik his qila boshlaysiz. Biroq shuni ham inobatga olish kerakki, peshindan keyingi uyqu 45 daqiqadan oshmasligi kerak.

3. Zararli odatlardan voz keching

Mutaxassislar spirtli ichimliklarni iste`mol qilmaslik va hech bo'lmaganda, uxlashga yotishdan 4 soat oldin chekmaslikni tavsiya qilishadi. Bu odatlardan butunlay voz kechsangiz, yanada maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yaxshi odatlar uyqu sifatiga ijobiy ta`sir ko'rsatadi. Ko'p tadqiqotlarning ko'rsatishicha, uyqu sifati unga ketgan vaqtdan-da muhim ahamiyatga ega.

Liborio Parrino, Parma Universitetining nevrologiya professori va Xalqaro Uyqu kuni qo'mitasi raisi

4. Kofein iste`molini qisqartiring

Jahon uyqu jamiyati tavsiyalariga ko'ra, uxlashga yotishdan kamida 6 soat avval kofein iste`molini to'xtatish kerak. Shuni yodda tutingki, u nafaqat qahvada, balki choy, gazli ichimliklar va hatto shokoladda ham bor.

5. Uyqu oldidan to'yib ovqatlanmang

Yengilgina tamaddi qilish mumkin. Biroq uxlashga yotishdan 4 soat avval og'ir, achchiq taomlar va shirinliklar iste`molidan saqlanish lozim.

6. Uyqu oldidan sport bilan shug'ullanmang

Mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, sport bilan muntazam ravishda shug'ullanish kerak. Biroq uxlashga yotishdan oldin jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish uning sifatiga ziyon yetkazishi mumkin.

7. O'zingizga qulay to'shaklarni tanlang

Agar tun yarmida isib ketib uyg'onsangiz, demak, odatiy yopinuvchi to'shagingizni almashtirishingiz kerak. Bu eng avvalo o'zingizning salomatligingiz uchun yaxshi.

8. Yotoqxonani shamollating

Yaqinda o'tkazilgan tadqiqot davomida ma`lum bo'lishicha, deraza ochiq bo'lgan xonada uxlash uyqu sifatini yaxshilar ekan. Agar xonada konditsioner bo'lsa, uyquga muvofiq haroratni tanlang. U odatiy haroratdan bir necha daraja past bo'lishi kerak.

9. Chalg'ituvchi shovqin va yorug'likdan xalos bo'ling

Yotoqxonada mavjud elektronika sizning to'yib uxlashingizga xalaqit berishi mumkin. Masalan, yonib o'chuvchi raqamli soatlar, o'chirilmagan kompyuter va albatta, televizor.

10. To'shakda boshqa ishlar bilan shug'ullanmang

Smartfon yoki noutbuk yordamida to'shakda yotgan joyimizda kelayotgan xabarlarga javob berishimiz mumkin. Biroq bunday odat bu joyning ish bilan bog'lanishiga olib kelishi mumkin. Bunday qilmaslikka harakat qiling, to'shak uxlash uchun mo'ljallangan.

Yuqoridagi qoidalarga rioya qilib, uyqu sifatini yaxshilaysiz, shuningdek to'yib uxlamaslikka chek qo'yasiz. Uyqusizlik esa sog'liq bilan bog'liq jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.


Комментарии (0) | Добавить: 04.02.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi
Amazon narxi ilk marta trillion dollardan oshdi
“Afrosiyob” elektropoyezdi 7-sentabrdan Shahrisabzga qatnovlarni boshlaydi
Butun dunyodagi ko'chmas mulkning umumiy qiymati ma`lum qilindi
Misr prezidenti O'zbekistonga keldi
Poroshenko Londondan Kiyevga oddiy yo'lovchi samolyotda uchib keldi
Censatsiya: «Mangu» – milliy «bitkoin»
Shrink Me – surat sifatini saqlagancha hajmini kichraytirib beruvchi bepul servis!
“Terpila”, sen erkakmassan! – Toshkentda go'dakning hayotini saqlab qolmoqchi bo'lgan erkak shunday rahmat eshitdi
Bolani vaqtida uxlatish uchun charchatish kerak…
Kadastr hujjati yuqolgan bo'lsa nima qilish kerak?