У нас есть только
оригинальные песни

Uyquga to‘ymaslik ko‘p yeyish bilan barobarmi?

calendar 19.04.2017
1810

Odam ovqatsiz 11 hafta yashashi mumkin, uyqusiz esa – 11 sutkadan ortiq emas. Uyqu – odamning asosiy ehtiyoji hisoblanadi va agar siz uni to‘liq qondirmasangiz, buning yoqimsiz oqibatlariga duch kelishingiz mumkin. Masalan, ortiqcha vazn yig‘ilishi.

Uyqu yetishmasligi ochlik hissini kuchaytiradi

O‘tkazilgan bir necha tadqiqotlardan so‘ng, olimlar uyquga to‘ymaslik ertasi kun oshiqcha yeyishga olib keladi degan xulosaga kelishdi.

Biz odatda to‘yib uxlamasak ko‘p yeyishdan tashqari, energiyani ham kamroq sarflaymiz. Bundan tashqari, uyqu yetishmaganligidan yog‘li va kaloriyali biror-bir ovqat yeyishni ham xohlaymiz.

Agar bor-yo‘g‘i bir kecha to‘yib uxlamagan bo‘lsangiz xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Bu sog‘liqqa zarar keltirmaydi. Muammolar uyqu yetishmasligi surunkali tus olgandan so‘ng boshlanadi.

Yomon uxlash sog‘liqqa oid muammolar tug‘diradi

To‘yib uxlamaslik yoki uyquning beqaror rejimi yuqori qon bosimi, semizlik va koronar arteriya kalsinozining rivojlanish xavfi bilan bog‘liq. Shuningdek, yomon uyqu diabet paydo bo‘lish xavfini ham oshiradi.

Xulosa

Ko‘pincha, to‘yib uxlamaslikning salbiy ta’siri unchalik bilinmaydi. Lekin shunga qaramasdan, agar siz charchoqlik va ishtahangiz buzilishidan bezovtalikni his qilsangiz – bugun ertaroq yoting.

Яндекс.Метрика