У нас есть только
оригинальные песни

Uyquni yahshilashga yordam beruvchi yo'l o'ylab topildi

calendar 19.08.2016
2375

Turkiya va amerikalik olimlar uyqusizlikdan qochishga yordam beruvchi yo'lni o'ylab topishdi.  Tadqiqot Social Personality and Psychological Science jurnalida chop etildi. Bu haqida EurekAlert nashri habar beradi.

Olimlar qayd etishicha, uzluksiz uyqu kishi yonidagi sezgir hamroh borligi bilan ta`minlanadi. Ekspertlar fikricha, bu uhlayotgan kishidagi havfsizlik hissi paydo bo'lishiga bog'liq.

«Bizning natijalar shuni ko'rsatadiki, insonlar sezgir hamrohlar bilan kamroq uyg'onib, bezovta bo'lishadi va ularning uyqu sifatini oshiradi», — deydi Yaqin Sharq tehnika universiteti (Anqara)lik tadqiqot mualliflaridan biri Emre Sel'chuk.
 
Olimlar Amerikaning Midlife Development loyihasi ma`lumotlari, jumladan, o'rta yoshli inson hayoti va unga ta`sir etuvchi omillar sifati haqidagi statistikadan foydalangan holda bu hulosaga kelishdi.

Яндекс.Метрика