Uyqusiz tundan keyin qanday qilib bardam ko‘rinish mumkin?

Tunda ishlash yoki uyqusizlik natijasi ertalab tashqi ko‘rinishingizdan bilinib turadi – ko‘zlarning tagi qoraygan, yuz shishgan va so‘lg‘in qiyofa.

Uyqusiz o‘tgan kechadan keyin sog‘lom va bardam bo‘lib ko‘rinish uchun nima qilish kerak?

Dush qabul qiling

Horg‘in qiyofa bilan kurashishning eng samarali usuli dush qabul qilish yoki yuzni avval iliq, keyin esa sovuq suvda yuvish. Haroratning keskin o‘zgarishi sizga bardamlik baxsh etadi va qon aylanishini yaxshilaydi.

Teringizni namlantiring

Uyqusiz tundan keyin yuz terisi qonsiz va xira tus oladi. Bundan qutulish uchun yuzga namlantiruvchi matoli niqob qilishni maslahat beramiz. Bu terini tetiklantirish va namlantirishning tez va samarali usullaridan biri: 15 daqiqa ichida teringiz ham namlanadi va ham oziqlanadi. Agar uyingizda matoli niqob yo‘q bo‘lsa, bir bo‘lak muz oling va u bilan yuzingizni ishqalang. Keyin esa yuzingizni quruq sochiq bilan arting va namlovchi krem suring.

Shishlardan va ko‘z ostidagi qora dog‘lardan qutuling

Bunday vaziyatda ko‘zlar uchun patchlar yordam beradi. Ularni ko‘zlaringiz atrofida 10-15 daqiqa ushlab turing – shishlar tezlikda yo‘qoladi. Agar uyingizda bu vosita bo‘lmasa, unda bodring yoki paketchalardagi ko‘k choydan foydalansangiz ham bo‘ladi.

To‘g‘ri makiyaj qiling

Albatta, yuzni tetiklantirish va namlantirishdan tashqari uyqusiz kechadan keyin to‘g‘ri makiyaj qilishni ham bilishingiz kerak. Yorqin va turli xil ranglarning o‘rniga pastel va iliq tuslardan foydalanganingiz ma’qul. Kosmetik vositalarini ishlatishdan oldin yuzingiz terisiga tarkibida yorug‘likni qaytaruvchi zarrachalar bo‘lgan krem suring, u yuzingizga sog‘lom va tetik ko‘rinish bag‘ishlaydi.


Комментарии (0) | Добавить: 01.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Rossiya aviasozlari “so'nggi kun samolyoti”ni yaratishdi
Messi “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolaydimi?
Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda
Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov ota bo‘ldi
Turkiyaning Van ko‘li ostidan qadimiy qal’a topildi
Siemens’da ommaviy ishdan bo'shatish yuz beradi
O'zbekiston xalqaro ayollar tadbirkorligi kunini nishonlaydi
MIB tomonidan musodara etilgan LADA avtosaloni auksionga qo'yildi
O'zbekistonda qaysi kasb egalarining maoshi yuqori?
OnePlus iPhone X’ga raqobatchi bo'lgan smartfonni taqdim etdi
“Malika” savdo markazida sotilayotgan Samsung smartfonlarining narxlari ma’lum qilindi
Neymarning tovon puli ma`lum qilindi
Ronaldu va Serxio Ramos orasidan ola mushuk o'tdi
General-mayor Abdusalom Azizov Ozarboyjonga tashrif buyurdi
Hindiston hukumati Ivanka Tramp tashrifi oldidan ko‘chalarni 200 dan ortiq tilanchidan tozaladi
9 oy ichida qancha chet ellikka O'zbekistonga kirish vizasi berildi?
Ronaldu «Real»ni tark etish uchun 4ta sababga ega
Yana gaz inqirozimi? Ukrainada gaz narxi 10 barobarga oshdi
Naqd pul bilan bog'liq muammolar hal qilinmoqda, yil oxirigacha 200ta bankomat sotib olinadi
Abdulla Aripov Germaniyaga tashrif buyuradi
O'zbekiston nemis va frantsuz kompaniyalaridan 2 mln hisoblagichlar sotib oladi
Quyoshning Yerga qaragan tomonidan barcha dog'lar yo'qolib qoldi
Ishni o'zgartirish yo'lida to'siq bo'luvchi qo'rquvni qanday yengish mumkin?
Tana haroratidan quvvatlanuvchi aqlli soatlarni yetkazishga start berildi
Xonanda Saida turmushga chiqdi
Xarajatlarni nazorat qilishning eng oddiy va bezarar usuli
Metro yo'l haqi tushiriladimi? «O'zbekiston temir yo'llari» rasmiy xabar berdi
Intizomiy jazo amal qilayotgan vaqtda rag'batlantirishga ruxsat beriladi
Xiaomi smartfonlarining mashhurligiga 5 sabab