У нас есть только
оригинальные песни

UZ ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi

calendar 19.10.2017
813

UZ milliy domen hududi ma’muriyati UZINFOCOM markazi timsolida Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga (APTLD) qo‘shildi. Bu haqdagi qaror assotsiatsiya a’zolarining Tbilisida bo‘lib o‘tgan 72-konferensiyasida tuzilma boshqaruvi tomonidan bir ovozdan qabul qilindi, deya xabar beradi UZINFOCOM.

Shu munosabat bilan 18-oktabr kuni assotsiatsiya ijrosi direktori Leonid Todorov Toshkentga keldi va markaz rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar APTLDʼga a’zolik O‘zbekiston uchun butunjahon tarmog‘ini rivojlantirishni boshqarish bo‘yicha global muloqotda ishtirok etish, axborot xavfsizligi, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, foydalanuvchilar huquqi va milliy qonunchilik talablari o‘rtasida muvozanat saqlash, elektron hukumat va onlayn-biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirishda yangi strategik imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, APTLD (Asia Pacific Top Level Domain Association) nodavlat-notijorat tashkiloti Yaqin Sharq, Osiyo va Okeaniyaning 50 dan ortiq, jumladan, CNNIC (.cn, Xitoy), AUDA (.au, Avstraliya), NIXI (.in, Hindiston), VNNIC (.vn, Vyetnam), Internet tarmog‘i milliy domeni Muvofiqlashtiruvchi markazi (.rf, Rossiya) kabi internet-ro‘yxatga oluvchilarini qamragan.

Яндекс.Метрика