У нас есть только
оригинальные песни

«Uzbek Tigers» ishtirokidagi janglar to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etilmaydi

calendar 01.03.2018
1089

WSB tasnifiga kiruvchi musobaqalarda ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Colombia Heroicos» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmaydi. Bu haqda KUN.UZ‘ga telekanal vakillari ma`lum qilishdi.

Gap shundaki, bugun futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining dastlabki tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Oldinroq telekanal ushbu uchrashuvlarning barchasini to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatishi haqida xabar bergandi.

Bugun soat 18:00da telekanal orqali Superliganing 1-turidan o'rin olgan «Qizilqum» - «Lokomotiv» o'yini, 20:00da esa «Neftchi» - «Nasaf» uchrashuvi jonli efirda namoyish etiladi.

«Uzbek Tigers»ning «Colombia Heroicos»ga qarshi janglari esa soat 22:00dan boshlab yozib olingan holatda namoyish etiladi.

Яндекс.Метрика