У нас есть только
оригинальные песни

UZCARD Yangi yil arafasida to‘lovlar hajmi o‘sishi kutilayotganini ma’lum qildi

calendar 27.12.2015
1086
Yangi yil arafasida, xususan, 29-dekabr — 1-yanvar kunlari UZCARD tizimida to‘lovlar hajmi keskin o‘sishi kutilmoqda. Bu haqda Click kompaniyasi xabar berdi.
               

“Kerakli barcha to‘lovlarni oldindan o‘tkazishingizni tavsiya qilamiz”, — deyiladi Click kompaniyasi o‘z abonentlariga yo‘llagan SMS-bildirishnomalarda.

Avvalroq O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari Yangi yil oqshomida bo‘ladigan katta yuklamalarga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar berilgan edi.

Яндекс.Метрика