Uzdigital TV yuqori sifatli televideniye faoliyatini kengaytirmoqda


 

Raqamli televideniyening yirik provayderi «Uzdigital TV» Farg'ona va Andijon viloyatlarida yangi savdo va mijozlarga xizmat ko'rsatish ofislari ochilishi haqida e`lon qildi.

O'zbekistonda raqamli televideniyega texnik va texnologik o'tish bo'yicha Davlat dasturi doirasida MChJ «Uzdigital TV» bosqichma-bosqich mamamlakatimizning barcha mintaqalarini qamrashni boshladi. Kompaniyaning siyosati har bir mijozga maksimal qulayliklarni yaratishdan iboratdir. 

Farg'ona vodiysida birinchi savdo va mijozlarga xizmat ko'rsatish ofisi Farg'ona shahrida ochilgan va 3 oydan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Ushbu ofisda abonentlarga ulanish uchun eng qulay shart-sharoitlar ta`minlangan.    

Andijon shahar, Bobur Shoh ko'chasi -22 uydagi yangi savdo va mijozlarga xizmat ko'rsatish ofisi ochilishi, kompaniyaning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda muhimq adamdir.

Uzdigital TV kompaniyasi ish faoliyatida har bir mijozning ehtiyojlariga individual tarzda yondashadi va uzoq muddatli hamkorlikni yaratishga harakat qiladi. Tez orada Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog'iston Respublikasida ham katta ochilish marosimlari o'tkazilishi kutilmoqda.

20 iyulda Namangan viloyatida ofis ochiladi. Bu butun Farg'ona vodiysi raqamli televideniye bilan ta`minlanishini anglatadi. Hozirda Samarqand va Namangan viloyatlari hududida test tarzda Uzdigital TV raqamli televideniyening efirga ochiq uzatilishi boshlandi.

Uzdigital TV kompaniyasining savdo va mijozlarga xizmat ko'rsatish ofisilariga tashrif buyurgan mijozlar ulanish xizmatlari bo'yicha xodimlardan to'liq ma`lumot olishi hamda uskunalarni xarid qilish va shartnoma tuzish imkoniyatiga egadirlar. Mijozlarning shaxsan o'zlari raqamli televideniyening DVB-T2 standartidagi kanallarni yuqori sifat va tezlikda ishlashiga ishonch hosil qilishlari mumkin.

Uzdigital TV kompaniyasining asosiy shiori«Har bir mijoz uchun maxsus e`tibor»dir. 

Uzdigital TV bilan hayotni yorqin ranglar orqali tomosha qiling!


Комментарии (0) | Добавить: 04.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]